Flik va Deku Leau transferiga ishonishmayapti, ammo Laporta uni sotib olmoqchi
28 dek 2024 19:36
Yangiliklar
Flik va Deku Leau transferiga ishonishmayapti, ammo Laporta uni sotib olmoqchi
"Barselona"dagilar Rafael Leau transferi borasida bir to'xtamga kela olishmayapti.
Kataloniya klubi ustozi Xans-Diter Flik yozda Ansu Fati o'rniga top futbolchini olib kelmoqchi.
"Barselona" o'tgan yildan beri Niko Uilyams va Rafael Leauga qiziqish bildirayotgandi. Klub prezidenti Joan Laporta doimo "Milan" futbolchisini xarid qilishni qo'llab-quvvatlagan. Mansabdorning Jorje Mendesh bilan munosabatlari yaxshi va agent ushbu transferga tasir o'tkazishi mumkin.
Futbolchining yuqori transfer narxi vaziyatni og'irlashtirmoqda. Bundan tashqari, Xans-Diter Flik va sport direktor Deku bu transferga shubha bilan qarashyapti. Ular Rafaelni yaxshi futbolchi deb hisoblashadi, ammo uning o'zini tutishi borasida havotirlar bor.
Xarid borasida yakuniy qaror qabul qilingani yo'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar