"Barselona" yana Olmoga vada berishni boshladi
28 dek 2024 17:15
Yangiliklar


"Barselona" yana Olmoga vada berishni boshladi
Eslatib o'tamiz, sud Kataloniya klubiga mavsumning ikkinchi qismida yarim himoyachini ro'yxatdan o'tkazishni taqiqlagan edi. "Barsa" bu borada yangi ariza bilan sudga murojaat qiladi. Ro'yxatdan o'tkazishning so'nggi muddati - 31 dekabr.
Malumotlarga ko'ra, "Barselona" futbolchini tinchlantirmoqchi. Joan Laporta shaxsan o'zi Olmoni ishontirishni boshladi: "Biz hammasini to'g'irlaymiz".
Sudga murojaat qilmoqchi bo'lgan "Barselona" LaLigani ro'yxatdan o'tkazish qoidalarini o'zgartirishda ayblamoqchi: Kataloniya klubi Mark-Andre ter SHtegen maoshi kamayishi tufayli Voychex SHchesnini ro'yxatdan o'tkazgan edi, ammo Olmo borasida bunga ruxsat berishmayapti.
Klubda yana bitta variant bor - "Kamp Nou"dagi VIP joylarni Qatar kompaniyasiga 120 mln. evroga sotish, biroq kataloniyaliklar ushbu kelishuvdan 200 mln. evro daromad olishni reja qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar