"Lans" yetakchisini 15 mln evroga sotmoqda

Tolibjon Qosimov
28 dek 2024
1 yanvar kuni Yevropada qishki transfer oynasi ochiladi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov to'p tepayotgan Fransiyaning "Lans" klubi jamoa sardori Bris Sambani sotmoqda.

Fransiyaning boshqa bir jamoasi "Renn" 30 yoshli darvozabonning transferi borasida "Lans" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda mashhur "L’Equipe" nashri xabar berdi. Transfer summasi 15 million evro atrofida bo'ladi. Samda yangi jamoasi bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.

Oldinroq "Lans"ning sobiq yetakchisi, ayni paytda "Al Nassr" (S.Arabistoni) a'zosi hisoblangan Seko Fofana ham "Renn"ga o'tishi ma'lum bo'lgan edi.


"Renn" tomonidan bunday "yurishlar"ni amalga oshirilishi tasodif emas. Sababi, "Renn"ning ayni paytdagi prezidenti Arno Puy "Lans"ning sobiq bosh direktori hisoblanadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: lequipe.fr