Mourinyuning "Fenerbaxche"si Abduqodir Husanov bo'yicha taklif bilan chiqmoqchi
26 dek 2024 19:56
Yangiliklar
Mourinyuning "Fenerbaxche"si Abduqodir Husanov bo'yicha taklif bilan chiqmoqchi
Superliga chempionligini o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan "Fenerbaxche" tarkibini kuchaytirishga harakat qilmoqda. Joze Mourinyu himoyani kuchaytirish niyatiida. Qidiruvni boshlagan "kanareykalar" kun tartibida kutilmagan nom paydo bo'ldi. Himoya markazi uchun 2 nafar futbolchi sotib olishni o'ylayotgan "Fenerbaxche" "Lans" sharafini himoya qilayotgan Abduqodir Husanov foydasiga qaror chiqardi.
"Sabah" nashri xabariga ko'ra, 20 yoshli o'zbekistonlik futbolchi yuzasidan Franciya jamoasiga rasmiy taklif yuboriladi. Transfer bahosi 12 mln evroga teng bo'lgan Xusanovni Angliya jamoalari ham kuzatib bormoqda.
Abduqodir Husanov joriy mavsum "Lans" safida 16 o'yinda maydonga tushdi. 20 yoshli markaziy himoyachi ushbu uchrashuvlarda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Fikrlar