Gvardiola - Ronalduning "Siti"ga emas MYUga o'tgani haqida: "Bu Angliya futboli uchun katta yutuq"
28 avg 2021 21:33
Yangiliklar
Gvardiola - Ronalduning "Siti"ga emas MYUga o'tgani haqida: "Bu Angliya futboli uchun katta yutuq"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yozgi transferlar oynasi vaqtida Xarri Keyn va Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolanmagani haqida gapirdi.
"Bu erda "jahlim chiqdi" degan so'zni aytish xato bo'ladi. Tarkibimiz ajoyib.
Klubga kelganimdan buyon rahbariyat menga doimo yaxshi futbolchilarni olib berishayotganidan minnatdorman. SHu boisdan hech nimadan jahl qilmayman.
Ronalduning Angliyaga qaytgani yaxshi ish bo'ldi. Bu APL uchun katta yutuq", - dedi Gvardiola.
Fikrlar