Gvardiola: Oxirgi 39 o'yinimizning 34 tasida g'olib chiqdik. Bu hayratlanarli natija”
21 mar 2021 08:20
Yangiliklar
Gvardiola: Oxirgi 39 o'yinimizning 34 tasida g'olib chiqdik. Bu hayratlanarli natija”
“Terma jamoalar o'yini bois elon qilingan oxirgi tanaffusdan keyin biz 39 ta o'yin o'tkazdik. Ularda 34 g'alaba, 2 durang va 3 mag'lubiyat qayd etildi. Biz ECHLda pley off masalasini hal qilib ulgurganimizdan keyin safarda “Portu” bilan durangga erishdik.
Oxirgi to'rt oy ichida, yana har uch kunda maydonga tushishimizga qarmay biz hayratlanarli natija qayd eta oldik. Bu holatga so'z bilan tarif bera olmayman.
Hattoki biz g'alabadan sarmast bo'lishga ulgura olmay qoldik, chunki uch kundan keyin bizni navbatdagi uchrashuv kutib turardi.
Gap bu erda taktika yoki boshqa holatga emas, balki yigitlarning o'yinga ruhan tayyor ekanliklarida. Erishgan muvaffaqiyatlarimiz betakror, ishonish qiyin bo'lgan vaziyatda. Bu bizning buyuk muvaffaqiyatlarimizdan biri deb aytish mumkin.
Albatta biz hali hech qanday sovrin yutganimizcha yo'q”, dedi Gvardiola.
Fikrlar