Gvardiola: "Morataning goli xato tufayli bekor qilingan bo'lishi mumkin"
17 mar 2016 11:10
Yangiliklar


Gvardiola: "Morataning goli xato tufayli bekor qilingan bo'lishi mumkin"
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Yuventus"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi (4:2) haqida fikr bildirdi.
"Bavariya" tuyg'ular evaziga g'alaba qozondi. Uchrashuvda qiynaldik, ammo baxtimizga juda kuchli jamoadan o'tdik. "Yuventus" menda yaxshi taassurot qoldirdi. 0:2 hisobida Italiya jamoasiga mag'lub bo'la turib, kambek uyushtirish juda qiyin. Ammo hozir bahsdagi omadsiz startdan afsusdaman. Bu biz uchun dars bo'ladi deb o'ylayman.
Marottaning bekor qilingan gol haqida so'zlari? "Yuventus" - buyuk klub va ular hakamlikka etiroz bildirmasliklari kerak. Mag'lub bo'lsang, shunchaki g'olibni qo'lini siqib qo'y. Bu futbol. Morataning goli xato tufayli bekor qilingan bo'lishi mumkin, ammo shunaqasi ham bo'lib turadi" - deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar