Gvardiola: "Manchester Siti" "Real"ga qarshi ideal o'yin o'tkazishi kerak"
19 fev 14:22
Yangiliklar


Gvardiola: "Manchester Siti" "Real"ga qarshi ideal o'yin o'tkazishi kerak"
"Shaharliklar" ilk o'yinda Madrid klubiga 2:3 hisobida mag'lub bo'lishdi.
"Bosim bor, ammo u yoqimli, bosimsiz yaxshi ishtirok etish mumkin emas. Yutish yoki yutmasligimiz dunyoning eng katta stadionlaridan birida vaziyatlarni qanday hal etishimiz va qanday o'ynashimizga bog'liq. Biz boshdan kechirishimiz kerak bo'ladigan og'ir vaziyatlar bo'ladi va biz ularni kamaytirishga harakat qilamiz.
Deyarli ideal o'yin o'tkazish kerak. Birinchi o'yin natijasi yaxshi bo'lmadi. Odatda javob o'yiniga eng yaxshi natija bilan chiqamiz, shunday ekan bu ideal vaziyat emas. Hujum qilishimiz, gollar urishimiz kerak. Biz g'alaba qozonishni xohlaymiz, shu sabab birinchi o'yinda ishlamagan ayrim vaziyatlarni to'g'irlay olamizmi yoki yo'q, ko'ramiz", — dedi ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, "Real" — "Manchester Siti" o'yini bugun Madridda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Реал 0-2 Ман сити