Gvardiola "Liverpul" bilan o'yin oldidan: "Hatto 1:5 hisobida mag'lub bo'lganimizda ham yaxshi o'ynaganmiz"

Mirjalol Normatov
21 fev 2025, 21:25
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.

"Biz yomon holatda emasmiz. Lekin "Real" bilan uchrashuvni hisobga olmaymiz, ular bizdan yaxshiroq va hozirgi paytda ancha kuchli holatda. So'nggi yillar davomida shunga amin bo'ldimki, YCHLda istalgan jamoa bilan raqobat qila olamiz. Biz doimo sovrin uchun da'vogarlardan biri bo'ldik.

O'tgan yillar davomida "Real"ga qarshi o'yinlarda o'ynash orqali men, futbolchilarim raqibdan ayrim jihatlarda ustun bo'lganimizni his qilgandik. Lekin bu safar "Real" keyingi bosqichga chiqdi, haqiqatni boricha qabul qilamiz. Holatimizga e'tibor qiling: ikki markaziy himoyachimiz 2 oyga safdan chiqqan.

Hozir Premer ligada biz uchun juda qiyin vaqt boshlandi. Chempionatda biz yaxshi o'yinlarni ko'p o'tkazdik. Hatto "Arsenal"ga 1:5 hisobida mag'lub bo'lganimizda ham 60 daqiqa zo'r o'ynaganmiz.

Keyin barqarorlikni yo'qotdik. Boshqa o'yinlarda, masalan, "Nyukasl"ga qarshi uchrashuvda biz yuqori daraja namoyish qildik. Biz o'z darajamizni ushlab qolishni o'ylasak, YCHLga chiqa olamiz.

Taqvimni boricha qabul qilamiz. Bunga etiroz bildirmayman. Bazida qiyin davrlar bo'lib turadi. Bugun "Liverpul", ertaga "Tottenxem" bilan o'ynaymiz. Shundan keyingi o'yinga 6-7 kun vaqt bo'ladi. Bu futbolchilarning dam olib, tiklanishi uchun kerak. Navbatdagi o'yinlarda maksimal kuch bilan o'ynaymiz", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: mancity.com