Gvardiola: "Bu mavsum men uchun dars bo'ladi, etiroz bildirmayman va taslim bo'lmayman"
08 apr 2017 18:14
Yangiliklar
Gvardiola: "Bu mavsum men uchun dars bo'ladi, etiroz bildirmayman va taslim bo'lmayman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning so'zlariga ko'ra, hozirgi mavsum u uchun dars bo'ladi.
"Hali kuchayamiz. Bu mavsum men uchun dars bo'ladi. 7-8 yillik ishdan so'ng mavsum avvalgisidek muvaffaqiyatli yakunlanmasa, bu odatiy holat. "Barselona", "Bavariya" yoki Angliyada hamma narsani bilaman deb o'ylamaganman. Iloji boricha yaxshiroq ko'nikishga intilganman. Bu amalga oshdi va "Siti" hali yaxshiroq o'ynaydi deb o'ylayman. Etiroz bildirmayman va taslim bo'lmayman.
Yaxshi o'ynadik, ammo etarli darajada emas. O'zimizga to'g'ri bo'lishimiz lozim. Sovrin uchun kurashgani etarli kuchga ega emasdik. Ammo hali ko'plab uchrashuvlarda kurash olib boramiz. CHempionlar ligasiga chiqish juda muhim" - deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
00:44
Pep Gvardiola: "Husanov APLda o'ynashga tayyor. ECHLda esa pley-offga chiqib olishimiz kerak" 5
Fikrlar