"Manchester Siti"ning ahvoli yaxshi emas
15 jan 13:48
Yangiliklar
"Manchester Siti"ning ahvoli yaxshi emas
Xosep Gvardiola murabbiylik faoliyati davomidagi eng yomon mavsumni o'tkazmoqda.
Kecha tunda "Manchester Siti" jamoasi APL 21-turi doirasida "Brentford" mehmoni bo'ldi. Uchrashuvda "shaharliklar" 2:0 hisobida oldinga chiqib olganiga qaramay, 90+2-daqiqada o'tkazib yuborilgan gol evaziga g'alabani qo'ldan chiqardi - 2:2.
Joriy mavsum "Manchester Siti" Premer liganing 21 o'yinida bor yo'g'i 10ta g'alabani qo'lga kiritgan, 5 durang va 6 mag'lubiyat. Bu Pep Gvardiola uchun murabbiylik faoliyatida yuqori ligalarda ayni mavsumning shu davriga kelib qayd etilayotgan eng yomon natija.
"Manchester Siti" 35 ochko bilan APL jadvalida 6-o'rinni band etib turibdi. Ular peshqadam "Liverpul"dan 12 ochkoga ortda borishmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar