Gvardiola "Bavariya" rahbariyatiga klubni tark etishini aytdi
17 dek 2015 10:15
Yangiliklar


Gvardiola "Bavariya" rahbariyatiga klubni tark etishini aytdi
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelajagi borasida bir to'xtamga keldi.
Malumotlarga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis nemis grandi rahbariyatiga klub bilan shartnomasini uzaytirmasligini va mavsum oxirida jamoani tark etishini aytdi. Oldinroq "Bavariya" Gvardiolaga yillik 20 mln. evrolik maosh taklif qilgan edi. Xosepning fikricha, uning "Bavariya"dagi vaqti yakuniga etdi va shartnomani uzaytirmaslik ikki tomon uchun ham foydali.
Gvardiolaning "Bavariya" bilan amaldagi kelishuvi 2016 yilning yozigacha belgilangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar