Gvardiola: "Agar SHakiri va Xyoyberg "Bavariya"da o'ynashni istamasa, ular ketishi kerak"
22 noy 2014 13:49
Yangiliklar


Gvardiola: "Agar SHakiri va Xyoyberg "Bavariya"da o'ynashni istamasa, ular ketishi kerak"
"Bavariya" yarim himoyachilari SHerdan SHakiri va Per-Emil Xyoyberg qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Bu haqida myunxenliklar bosh murabbiyi Pep Gvardiola malum qildi.
"Meni tasarrufimda "Bavariya"da o'ynashni istaydigan futbolchilar bo'lishini xohlayman. Agar o'yinchi "Bavariya" sharafini himoya qilishni lozim ko'rmasa, u boshqa klubga ketishi kerak. Qishki transfer oynasida muzokaralar o'tkazishimiz mumkin" - deydi Gvardiola.

Fikrlar