Gruziya chempionatida o'ynayotgan o'zbekistonlik futbolchi "Surxon" bilan shartnoma imzoladi
28 iyu 2021 18:22
Yangiliklar
Gruziya chempionatida o'ynayotgan o'zbekistonlik futbolchi "Surxon" bilan shartnoma imzoladi
Termizning "Surxon" jamoasi o'z safini yana bir futbolchi bilan to'ldirdi.
Joriy mavsumni Gruziya chempionati vakili Kutaisining "Torpedo" jamoasida boshlagan hamyurtimiz Murod To'ychiboev O'zbekistonga qaytdi. Yarim himoyachi "Surxon" bilan shartnoma imzoladi.
Faoliyati davomida "Metallurg", "Navbahor", "Neftchi", "Dinamo", Bangladeshning "Arambat", "Brazers Yunion" klublarida o'ynagan hamyurtimiz endilikda termizliklar sharafini himoya qiladi. Takidlash joiz futbolchi kutaisiliklar tarkibida 13ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 1bor ishg'ol qildi va jamoadoshining 1ta goliga assistentlik qildi.
Fikrlar