So’nggi yangiliklar

10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  0 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  0 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  1 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  3 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  10 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  2 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  3 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  8 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  4 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3

G'iyos Komilov: "Superliga formatiga biroz o'zgartirish kiritilsa yaxshi bo'lar edi" Yangiliklar

G'iyos Komilov: "Superliga formatiga biroz o'zgartirish kiritilsa yaxshi bo'lar edi"

Yakuniga etgan mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasi o'z darvozasidan eng kam to'p o'tkazgan jamoa bo'ldi.

Bunday natijada jamoa himoyachilarining xizmatlari ham beqiyos hisoblanadi. Biz bugun “Qo'qon-1912” jamoasining markaziy himoyachilaridan biri G'iyos Komilov bilan suhbatda bo'ldik.

- G'iyosbek o'tgan mavsum sizda qanday taassurotlar qoldirdi? O'zingiz  ko'rsatgan o'yiningizdan qoniqdingizmi?
– Bu yilgi mavsum juda qiziqarli o'tdi deya olaman. Ayniqsa mavsum starti barcha muxlislar va futbolchilar uchun anchagina hayajonli o'yinlar bilan esda qolarli bo'ldi. O'zim ko'rsatgan  o'yin haqida gapirishim biroz noqulay, bahoni muxlislar va mutaxassislar bergani maqul bo'lar edi. Jamoamiz superligada eng kam gol o'tkazibdimi, demak himoyada yomon o'yin ko'rsatmapmiz.Biroq jamoamizning  turnir jadvalida egallagan o'rniga qarasak , o'zimizga mos bo'lmagan joyda mavusmni yakunladik. SHunisi biroz dilni xira qiladi.

- O'tgan mavsumda siz uchun eng esda qolgan o'yin , qaysi o'yin bo'ldi?
- Albatta so'nggi turdagi Farg'onada bo'lib o'tgan “derbi”  eng esda qolarli  o'yin bo'ldi. CHunki mavsum yakuniga kelib “Neftchi” bilan bo'ladigan o'yin biz uchun judayam ahamiyati yuqori o'yinga aylandi, aksincha mezbonlar uchun esa deyarli keraksiz o'yin edi. SHunga qaramay mezbonlar o'z muxlislari uchun jonlarini berib o'ynashdi. Biz esa maydonga faqat g'alaba uchun tushgandik. SHuning uchun bu uchrashuv hayot-mamot jangiga aylandi. Muxlislar esa haqiqiy “derbi”ga xos , shiddatli o'yin guvohi bo'lishdi. Mana shunday o'yinlar ko'paysa muxlislar uchun  futbol yanayam uchun qiziqarli bo'ladi.



- Superliga formatiga munosabatingizni bildirsangiz. Kelasi mavsum qanday formatda o'tishini istagan bo'lar edingiz?
- Formatning o'zgarishi mavsum boshida barchada yuqori qiziqish uyg'otdi. 1-bosqich o'yinlarida intriga judayam kuchli bo'ldi. Muxlislar ham stadionlarga ko'p kelishdi. O'yinlarni televideniyada to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilishi, stadionlardagi muxlislar uchun yaratilgan sharoitlar, ayniqsa ramazon oyida o'yin vaqtlari muxlislarning ibodat vaqtlariga qarab qo'yilishi, bular juda katta o'sish bo'ldi. Lekin jamoalar ikkita oltilikka bo'linishgandan so'ng, quyi oltilik jamoalari o'yinlariga bo'lgan qiziqish biroz pasaydi. Biz futbolchilarda ham kuchli oltilikka kira olmaganimizdan so'ng  qandaydir xafsalasizlik paydo bo'ldi. Manimcha kelgusi mavsumda chempionat formatiga biroz o'zgarishlar kiritishsa yaxshi bo'lardi. CHempionatda 12 ta jamoaning qolgani menimcha intrigani kuchaytirib beradi. Faqat “oltin ochko” qoidasini yana bir ko'rib chiqish kerak deb o'ylayman.

- Siz oldin boshqa jamoalarda to'p surgansiz, Qo'qonda yaratilgan sharoitlar sizni qoniqtirdimi?
- Ochig'i Qo'qondagi sharoitlardan nolisak yaxshi bo'lmaydi. SHaroitlarimiz yaxshi bo'ldi. Jamoa rahbariyati futbolchilarni yaxshi yashashlari uchun qo'llaridan kelgan barcha ishni amalga oshirdilar. Moliyaviy tomondan ham katta muammolar bo'lmadi.

- Murabbiylar shtabi haqida ham fikringizni bildirsangiz.
- Murabbiylar haqida ham iliq fikrdaman. Bosh murabbiyimiz O'zbekistonning yang mashhur futbolchilaridan biri bo'lganlar. Futbolchilarni yaxshi tushunishadi.No'mon aka ayrim murabbiylarga o'xshab, natija uchun futbolchini qurbon qilmaydi. Yani kim o'yinga hamma tomondan tayyor bo'lsa shu futbolchiga imkon beradi. Bizlarni doim to'g'ri tushunadilar, futbolchilarni qanday muammolari bo'lsa eshitib , qo'llaridan kelgan yordamlarini ayamadilar. Qolgan murabbiylarimiz ham o'z ishlariga juda yaxshi munosabatda bo'lishdi. Ko'plab yosh futbolchilar bu mavsumda anchagina o'sishga erishgani so'zimga isbot bo'la oladi.



- Kelgusidagi rejalaringiz qanday, yana Qo'qonda qolasizmi yoki boshqa takliflar ham bormi?
- 31 dekabr kuni “Qo'qon-1912” jamoasi bilan tuzilgan shartnomamiz o'z yakuniga etadi. Jamoa rahbariyati kelgusi mavsumda ham jamoada qolishimni xohlashmoqda. Albatta boshqa jamoalardan ham takliflar bor. Lekin 1-o'rinda jamoamiz rahbariyati bilan muzokara olib boramiz, maqsadlarimiz mos kelsa yana Qo'qonda o'ynashda davom etaman.  Qolaversa otam va Zafar aka Musaboev bilan ham maslahatlashaman.

SHu o'rinda mavsum davomida bizni qo'llab turgan Qo'qonlik muxlislarimizga hamda meni doim qo'llab turadigan ashaddiy  muxlislarimga  o'zimning samimiy minnatdorchiligimni etkazib qo'yishingizni iltimos qilaman. Qo'qon halqi futbolni chin dildan sevishadi. Ularga kelayotgan yangi yilda eng yaxshi tilaklarimni izhor qilaman. 2019 yil barchalarining  xonadonlariga shodlik olib kelsin.


Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика