So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  6 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Germaniyalik mutaxassis SHomurodov Bundesliganing qaysi klubiga mos ekani haqida gapirdi Yangiliklar

Germaniyalik mutaxassis SHomurodov Bundesliganing qaysi klubiga mos ekani haqida gapirdi

Barchangizga malum bo'lgan “Tezkor Studiya” loyihasining navbatdagi soni Germaniya Bundesligasining tur yakunlariga bag'ishlandi.

Unda mehmon sifatida saytimizning germaniyalik yaqin do'sti Miron Goyxman ishtirok etdi. Tashkil qilingan jonli efir davomida mutaxassis hamyurtimiz Eldor SHomurodov haqida ham fikrini bildirdi.

“Men bu haqida Rossiya matbuotida o'qidim. O'ylashimcha, SHomurodov futbolchi sifatida Bundesligada o'ynay oladi. To'g'ri, top jamoalar safiga borib qo'shilmasligi mumkin. Bularning barchasi transfer siyosatiga bog'liq, klub bilan kelishish, agentlarning ishga munosabati, malum narxdagi summani to'lash va hokazo. Uning agentining Bundesliga klublari bilan aloqalari qandayligini bilmayman. Eldorni Germaniya chempionatida ko'rish qiziqarli bo'ladi deb o'ylayman.

Hozir qaysi jamoada hujumchi bilan bog'liq muammo bor? Menimcha, barcha klublar har doim kuchli hujumchilarni izlashadi. Menga uni “Augsburg”ga taklif qilardim. Hozirda mazkur islandiyalik hujumchi Finbogasson bor, u ko'p jarohat oladi. SHu bois bu jamoaga SHomurodov kelsa yomon bo'lmasdi. Koronavirus futbolchilarning transfer narxini tushishiga jiddiy tasir qiladi. SHu boisdan bu masalada yaxshilab o'ylab ko'rish kerak”,- dedi Miron Goyxman "Tezkor Studiya"da.


Kechagi "Tezkor Studiya"ni tomosha qiling: 


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика