Gattuzo: "O'ynaydigan odam bo'lmasa, 1/8 finalga chiqishdan maqsad nima?"
19 fev 2021 09:43
Yangiliklar


Gattuzo: "O'ynaydigan odam bo'lmasa, 1/8 finalga chiqishdan maqsad nima?"
"Napoli" bosh murabbiyi Jenaro Gattuzo "Granada"ga qarshi safar o'yinidagi mag'lubiyatdan so'ng (0:2) o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz o'z imkoniyatlarimizdan yaxshiroq foydalanishimiz kerak edi. Bunday vaziyatlar bizda yuzaga keldi va biz bundan yaxshirog'iga loyiq edik. Hozir keyingi bosqich haqida gapirishdan foyda yo'q. CHunki ayni paytdagi asosiy vazifamiz futbolchilarni safga qaytarishdir.
Matteo Politano ham safdan chiqdi. Agar o'ynashga futbolchi bo'lmasa, keyingi bosqichga chiqqandan maqsad nima? Endi biz yuzaga kelgan vaziyatni o'rganib chiqishimiz lozim.
Hozir 10-11 futbolchimiz yo'q. Politanoda ham muammolar bor, u yaxshi nafas ololmayapti. Bu vaziyatda shunchaki qo'l qovushtirib, yig'lab o'tira olmaymiz. Vaziyatga echim topish lozim", - dedi Gattuzo.
O’xshash yangiliklar
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0

Fikrlar