So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  0 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

Futzalchilarimizni kuzatish marosimi o'tkazildi, ular oldiga chempionlik vazifasi qo'yildi Yangiliklar

Futzalchilarimizni kuzatish marosimi o'tkazildi, ular oldiga chempionlik vazifasi qo'yildi

Xabaringiz bor, 1-11 fevral kunlari Xitoy Taypeyida futzal bo'yicha Osiyo chempionati o'tkaziladi.

Bugun milliy olimpiya qo'mitasi binosida futzalchilarimizni kuzatish marosimi o'tkazildi. Tadbirda MOQ va O'FA rahbariyati, O'zbekiston futzal terma jamoasi azolari, Xitoydagi Osiyo chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan bir necha futbolchilarimiz qatnashdilar.

"Kuni kecha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoydagi musobaqada chempionlikni qo'lga kiritib, o'zbek xalqiga bir olam quvonch bag'ishladi. Ular muxlislarga ishonchini qaytarib berdilar. Siz futzalchilarimizga ularning yo'lini tilab qolamiz. Nima yordam kerak bo'lsa bemalol aytinglar. Barcha sharoitni yaratib beramiz. CHempion bo'lib qaytinglar. Sizlarni ham huddi yosh futbolchilarimiz singari mukofotlar kutib turibdi. Yoshlarimizning g'alabasini xalq bayram qilmoqda. Nima yordam kerak bo'lsa bunga tayyormiz. Ortingizda 33 millionlik o'zbek xalqi, mamlakat prezidenti, biz turganimizni esdan chiqarmanglar", - dedi Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol federaciyasining birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov.


SHundan so'ng, futzal terma jamoamiz ustozi yigitlarning musobaqaga tayyor ekanliklarini malum qildi.

"Musobaqaga tayyorgarlik alo darajada o'tdi. Yigitlar turnirga tayyorlar. Qo'limizdan kelganicha yuqori natija qayd etamiz", - dedi Bahodir Ahmedov.

Umid Ahmadjonov yig'ilish davomida futzalchilarimiz oldiga chempionlik vazifasini qo'ydi. Tadbir so'ngida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi azolari Umid Ahmadjonovga esdalik sifatida Osiyo chempionatining oltin medalini taqdim etdilar. Undan tashqari, jamoa azolari davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoev uchun atalgan maxsus sovg'ani ham MOQ rahbariga topshirdilar.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика