Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi. Afg'oniston Iroqni uyiga kuzatib qo'ydi
26 apr 13:50
Yangiliklar
Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi. Afg'oniston Iroqni uyiga kuzatib qo'ydi
Unda afg'onistonliklar 5:3 hisobida zafar quchishdi va endi pley-offning keyingi bosqichida qatnashishadi. Keyingi raqib Vetnam yoki Qirg'iz Respublikasi bo'ladi. Pley-off bosqichini yutgan jamoa JCH ishtirokchisi sifatida O'zbekistonga keladi.
Osiyo Kubogi
Pley-off bosqichi
Iroq – Afg'oniston 3:5
Gollar: Abu Muhammad 10', Al Husaynat 4', 26' – Kazemi 6', Maxmudi 9', G'ulomi 12', 16', Safari 39'
Pley-off bosqichidagi raqobat mezbon sifatida 2024 yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga avtomatik tarzda yo'llanma olgan O'zbekistonning turnirdagi ko'rsatkichiga bog'liq edi. O'zbekiston yarim finalga yo'l oldi, shuning uchun chorak finalda qolgan to'rtta mag'lubiyatga uchraganlar (Iroq, Afg'oniston, Vetnam, Qirg'iz Respublikasi) uchun pley-off formatida bahslar o'tkazilmoqda. Pley-off g'olibi 2024 yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga yo'llanma oladi.
Fikrlar