Futzal. BMB Oliy liga 2022/23 yilgi mavsumiga yo'llanma oldi!
22 may 2022 18:49
Yangiliklar


Futzal. BMB Oliy liga 2022/23 yilgi mavsumiga yo'llanma oldi!
Birinchi liga. 5-tur
Uchinchi kun
"Qizilqum" – "Dizak" 5:3
Gollar: Azizjon SHaharov (19, 28), Jamoliddin Egamov (26, 35), Alayor Sadirov (32) — Suhrobjon Aytboev (3), Jahongir Narzullaev (5), Nazarbek Usmonov (6)
BMB – Oil-Star 3:1
Gollar: Aziz Mamatov (8), Asli Muhammadiev (29), Sirojiddin SHokirov (34) — Sohib Narzullaev (15 pen)
SHunday qilib, 2021 yil dekabr oyida tashkil etilgan BMB futzal klubi 41 ochko to'plagan holda Oliy liga yo'llanmasini naqd qildi.
Oliy ligada 11-o'rinni egallagan "Dinamo" jamoasi esa Oliy liga yo'llanmasi uchun Birinchi ligada 2-pog'onadan joy olgan "Oil-Star" jamoasiga qarshi pley-off uchrashuvida ishtirok etadi.
Pley-off uchrashuvlari 26-28-may kunlari Jizzax shahrida bo'lib o'tadi. Pley-off biror jamoaning g'alabalari soni 2 taga etguniga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar