"Barselona" futbolchisi jarohati sabab terma jamoa ixtiyorini tark etdi
06 sen 19:38
Yangiliklar
"Barselona" futbolchisi jarohati sabab terma jamoa ixtiyorini tark etdi
Niderlandiya qirollik futbol associaciyasi terma jamoa va "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongning jarohati borasidagi malumotlarga oydinlik kiritdi.
28 yoshli futbolchi JCH-2026 saralashi doirasidagi Polshaga qarshi o'yinda (1:1) olgan jarohatidan so'ng klub ixtiyoriga qaytishga majbur.
Futbolchi 7 sentyabrga belgilangan Litva bilan o'yinni o'tkazib yuboradi.
Oldinroq Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman polshaliklar bilan o'yinda de Yong dumba muskullarida og'riq his qilganini aytgandi. Natijada u 83-daqiqada almashtirildi.
De Yong terma jamoa safida 60 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar