

28 yoshli futbolchi JCH-2026 saralashi doirasidagi Polshaga qarshi o'yinda (1:1) olgan jarohatidan so'ng klub ixtiyoriga qaytishga majbur.
Futbolchi 7 sentyabrga belgilangan Litva bilan o'yinni o'tkazib yuboradi.
Oldinroq Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman polshaliklar bilan o'yinda de Yong dumba muskullarida og'riq his qilganini aytgandi. Natijada u 83-daqiqada almashtirildi.
De Yong terma jamoa safida 60 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli pas uzatdi.



