So’nggi yangiliklar

20:16"Қайрат" ўзбекистонлик олимпиячиларни ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 19:59Бразилияда келишилган ўйинлар туфайли мавсум тўхтатилиши мумкин  0 19:36МЮ Санчони қайтариш ниятида эмас  1 19:12Кутилмаган бурилиш: Клопп "Боруссия Д"га қайтиши мумкин  2 18:48"Ювентус" Кимга қизиқяпти  2 18:22"Лестер" етакчиси билан шартномани узайтиради  0 17:53Бир қанча жамоалар "Челси" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:27"Ал Қодисия" ван Дейкни жалб қилмоқчи  0 16:59Рангник "Бавария"да ишлашдан бош тортди  2 16:35"Флуминенсе" Тиаго Силвага шартнома таклиф қилди  0 16:10"Бенфика" "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини сотиб олишни режалаштирмоқда  2 15:43Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси ОЧЛ ҳал қилувчи финал баҳсини бошқаради  10 15:24Япония терма жамоаси бош мураббийи: "Париж Олимпиадасига қитъа чемпионлари мақомида боришни мақсад қилганмиз"  13 15:20Жасур Жалолиддинов: "Олимпиадага чиқиш ҳақида ҳар куни ўйлардик"  3 15:03Тимур Кападзе Японияга қарши кечадиган финал учрашуви олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  20

Futbolchimizni urugvayliklar yaxshigina tanib olgan yoxud unga Evropadan takliflar bor. O'zi nimalar dedi? Yangiliklar

Futbolchimizni urugvayliklar yaxshigina tanib olgan yoxud unga Evropadan takliflar bor. O'zi nimalar dedi?

Joriy yilda O'zbekistonning turli yosh toifalaridagi terma jamoalari bir qator xalqaro uchrashuvlarda maydonga tushdi.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi Urugvayda tashkil etilgan “Maldonado Cup” (U-20) turnirida qatnashdi. Farhod Nishonov murabbiyligidagi U-19 terma jamoamiz esa Yaponiya mezbonlik qilgan "SBS Cup" musobaqasida ishtirok etdi. SHu ikki turnirda Urugvay darvozasini ishg'ol qilgan 2004 yilda tug'ilgan Nodirbek Abdurazzoqovni suhbatga chorlash istagi tug'ildi.  Qahramonimiz  

- Nodirbek sizni barcha AGMK va terma jamoadagi o'yinlaringiz orqali taniydi. Aslida qaysi jamoa tarbiyalanuvchisiz?

- CHirchiq olimpiya zaxiralar kollejida katta bo'lganman. AGMK o'rinbosarlar bosh murabbiyi Azam SHerg'oziev qaysidir o'rtoqlik uchrashuvida ko'rgan bo'lsalar kerak, ular meni jamoaga chaqirganlar.

- Mirjalol Qosimov qo'l ostida asosiy tarkibda debyut qildingiz. Futbolimiz afsonasi yoshlarga beradigan eng ko'p maslahati qanday?

- Bosh murabbiy futbol har doim birinchi o'rinda bo'lishi kerakligini takidlaydi. 

- Kumiringiz kim? Jahon chempionatida kimni ko'proq kuzatyapsiz?

- Messi. Xudo xohlasa, Argentina chempion sifatida ortiga qaytadi.

- Endi terma jamoaga to'xtalsak. Yuqorida ham aytib o'tdik. Urugvayga qarshi ikki yosh toifasidagi terma jamoada maydonga chiqdingiz va ikkisiga ham gol urdingiz. Urugvayliklar sizni yaxshigina tanib olgan bo'lsa kerak..

- Ha, birinchi U-19 terma jamoasi bilan "SBS" turnirida Urugvay darvozasini ishg'ol qilib g'alaba keltirdim. Urugvayda o'tgan musobaqada ham mezbonlarga to'p kiritishni uddaladim. 

- O'sha onlarni yana bir yodga olib ko'ringchi...

- Birinchi navbatda yaratilgan imkoniyatlardan foydalandik. Gol urganimda barcha olqishladi. Uchrashuvdan oldin raqib jamoaning futbolchilarini kuzatdim. Haqiqatdan ham tarkibida kuchli ijrochilar bor. Ularning akalariga ham gol urishim kerak, deb maydonga tushdim. 

GOL USHBU HAVOLADA

- Hayajon Urugvay degan nomdan boshlandimi yoki futbolchilarining kuchliligidan?

- Menimcha, hamma bilan o'ynasa bo'ladi. Birinchi o'rinda barcha o'ziga ishonishi kerak. 

- Klub va terma jamoadagi o'yin amaliyoti jarayoni o'rtasida qanday farq sezildi? 

- Terma jamoada ko'p yig'inlar tashkillashtirildi. Menda o'yin amaliyoti ko'p bo'ldi. Hozir aytganimdek o'zimga nisbatan ishonch oshishni boshladi. Turli darajadagi va kuchlari har xil raqiblar bilan to'qnashdik. Ruhiy jihatdan bu ko'p narsa beradi. 

- Xalqaro o'yinlarni istaymizmi yoki yo'q skaut, agentlar kuzatadi. Oldingizda qanday takliflar bor?

- Takliflar yo'q emas. Xudo xohlasa tez orada yangiliklar bo'lib qoladi. 

- Aynan qaerdan chorlovlar keldi?

- Nasib qilsa Evropadan.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика