So’nggi yangiliklar

19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  1 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Bunyodkor"ni qiyin vaziyatdan olib chiqib ketish o'z qo'limizda. Bizga chetdan hech kim kelib yordam bermaydi" Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Bunyodkor"ni qiyin vaziyatdan olib chiqib ketish o'z qo'limizda. Bizga chetdan hech kim kelib yordam bermaydi"

"Bunyodkor" jamoasi uchun mavsum qoniqarsiz natijalar bilan boshlandi.

"Qizilqum" va "Andijon"dan uchralgan mag'lubiyat kutilmagan holat sifatida baholandi. SHunga qaramay jamoa keyingi bahslarda o'z o'yinini topib oldi. CHempionlik uchun kurashayotshgan "Navbahor"dan ochko olgan "qaldirg'ochlar" keyingi bahsda OKMKga jiddiy qarshilik ko'rsatdi. "Dinamo" bilan durang qayd etdi. Har bir o'yinda so'nggi daqiqalargacha raqiblarini qiynab qo'yayotgan jamoada natija yo'q. Oldindagi O'zbekiston Kubogi uchrashuvlari esa ruhiy tomonlama ishonch bersa ajab emas. Jamoa sardori Temurxo'ja Abduxoliqov jamoadagi vaziyat va tayyorgarlik jarayonlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqib ketish o'z qo'limizda. Bizga hech kim chetdan kelib yordam bermaydi. Faoliyatimda bunday vaziyatlarga ko'p duch kelganman. Avvalgi natijalarni unutishimiz kerak, tamom. Ko'ryapsiz vaziyatlar yaratmoqdamiz. 3ta o'yinda ham nazorat qildik. Faqat va faqat xarakat qilish, ishlash kerak. Bo'lajak o'yinlarda ochko olishni istasak tarixga emas, oldinga qarab intilishimiz zarur. Kubok bahslariga to'xtalsam, oson jamoa qolmagan. Ayniqsa Toshkent klublariga qarshi raqiblar boshqacha kuch bilan xarakat qiladi. O'zini ko'rsatish uchun bor kuchini ishga soladi. Bizga esa g'alaba zarur",- deydi Temurxo'ja Abduxoliqov.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика