Temurxo'ja Abduxoliqov: "Har qanday seriya ham qachondir tugaydi"
10 mar 2024 19:17
Yangiliklar
Temurxo'ja Abduxoliqov: "Har qanday seriya ham qachondir tugaydi"
Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Bunyodkor" (5:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar futbolchisi Temurxo'ja Abduxoliqov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
- Temurxo'ja, bugungi o'yin haqida nimalarni ayta olasiz?
- O'yinni o'zingiz ko'rdingiz, bazi vaziyatlar o'ta tushunarsiz bo'ldi. Hamma jamoada ham shunaqa holatlar bo'lib turadi. "Andijon"ni tabriklayman.
- "Andijon" o'z tarixida "Bunyodkor"ni ilk bor mag'lubiyatga uchratdi, buni bilarmidingiz?
- Ha, hozir shunaqa deb aytishdi. "Andijon" ilk bor "Bunyodkor"ni yutibdi. Har qanday seriya ham qachondir tugaydi.
- Stadiondagi muhit jamoangiz o'yiniga salbiy tasir o'tkazdi deb o'ylaysizmi?
- Futbol muxlislar bilan qiziq. Bugun "Andijon" muxlislari yaxshi muhit yaratib berishdi. Muxlislar "Andijon"ning g'alabasiga hissa qo'shgan bo'lishi mumkin, lekin biz mag'lubiyatni bunga bog'lamoqchi emasmiz.
Nodirbek Abdullaev yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar