So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  1 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  2 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  5 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

Rustam Mirsodiqov 70 yoshda! Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov 70 yoshda!

Teglar :  Rustam Mirsodiqov
Bugun taniqli futbol mutaxassisi Rustam Mirsodiqov 70 yoshini qarshi olmoqda.

 Darhaqiqat, Rustam aka o'zbek futbolining eng mashhur murabbiylaridan biri bo'lib, katta hurmatga, etiborga, obro'ga ega. Nihoyatda oddiy va kamtarin inson.


Rustam Mirsodiqov 1954 yilning 19 mart kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Katta futboldagi ilk qadamlarini sobiq Titov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashlagan. U erda ustozlari Isoq Toshmuxamedov, Vladimir Yatchenko va Yakov Aranovichlardan millionlar o'yinining o'ziga xos sir asrorlarini o'rgandi. 1972 yilda o'sha davrdagi mamlakatimizning eng nomdor jamoasi “Paxtakor”ga taklif etildi. So'ngra uch yil (1975 yil) mobaynida “paxtakorchilar” libosida maydonga tushgan. Keyinlik u kishi “Traktor” (Toshkent), “Irrigator” va “Bo'ston” (Jizzax), “Dinamo” (Samarqand), “Sohibkor” (Halqobod, Toshkent viloyati) hamda “Spartak” (Andijon) jamoalarida futbolchilik faoliyatini davom ettirdi.

 1989 yili esa katta futbol bilan xayrlashgan R.Mirsodiqov murabbiylik sohasiga o'tdi. Jumladan, 1992 yilda “Paxtakor” jamoasi bosh murabbiyi Ahrol Inoyatovga yordam bergan. 1995-1996 yillarda esa “Do'stlik” klubida klub rahbari va bosh murabbiy lavozimlarida ishlagan. 1996-1998 yillarda poytaxtlik armiyachilarni boshqargan. SHuni alohida takidlash joizki, 1997 yil Rustam Mirsodiqov uchun nihoyatda omadli kelgan. Aynan uning rahbarligida MHSK futbolchilari mamlakat chempionligini rasmiylashtirgan. SHuningdek, o'sha mavsum yakunida Rustam Mirsodiqov O'zbekistonda “yilning eng yaxshi murabbiyi” deb topilgan.

 Qolaversa, O'zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Yodingizda bo'lsa, 1997 yili O'zbekiston milliy terma jamoasi “mundial” yo'lida dastlabki debyutini boshlagan. JCH-98 saralashining dastlabki bosqichida milliy termamizni maydonga boshlab tushgan mutaxassis sifatida Rustam To'xtamurodovich o'zbek futboli tarixi sahifalariga muhrlangan. O'shanda Mirsodiqov shogirdlari safarda Yaman milliy termasini 0:1 hisobida dog'da qoldirishgan (tajribali yarim himoyachi No'mon Hasanov 30-daqiqada yagona golni penaltidan aniq amalga oshirgan, 1997 yil 9 may). 1999 yili "Do'stlik" jamoasiga qayta bosh murabbiy etib tayinlandi va o'sha mavsumdayoq klubni chempionlik shohsupasiga olib chiqdi.

SHundan so'ng Toshkentning “Lokomotiv” va “Qizilqum” klublarida ishlagan. 2008-2017 yillarda Bekobodning “Metallurg” jamoasiga boshchilik qildi.
Garchi, 70 yoshni qarshi olgan bo'lsa-da, Rustam aka yoshlar bilan bir safda elkama-elka samarali mehnat qilib kelmoqda. Xususan, hozirda yubilyarimiz “Bunyodkor” futbol Akademiyasida maslahatchi vazifasini bajaryapti.


Fursatdan foydalanib, o'z ishining haqiqiy ustasi va bilimdoni, yoshlarning sevimli ustozi Rustam Mirsodiqovni tabarruk 70 yoshi bilan samimiy muborakbod etamiz. Eng avallo, u kishiga uzoq umr, mustahkam sog'lik, tani sihatlik tilab qolamiz.


TAVALLUD AYYOMINGIZ QUTLUG' BO'LSIN, RUSTAM AKA!

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика