So’nggi yangiliklar

18:51Whoscored ЕЧЛ-2024/2025 рамзий терма жамоасини эълон қилди  1 18:20EЧЛ финали қаҳрамони ҳақида 15 та факт. Танишинг, Дезире Дуэ (мутолаа учун)  3 18:00БАА бош мураббийи маҳаллий мухлисларга мурожаат билан чиқди  7 18:00Футзал. Ўзбекистон Кубоги финал. БМБ - "Оил Стар" 2:1 (онлайн ҳисоб)  1 17:50Эшитдик-да! "Насаф"дан кетган Ислом Кенжабоев иккинчи даврада Ўзбекистон чемпиони сафида тўп тепиши мумкин  6 17:30"Челси" ўз академиясида ўйнаган футболчини 50 миллион фунтга қайта сотиб олмоқчи  0 17:03МЮ 62 миллион фунтга сотиб олган Матеус Куньянинг шартнома шартлари билан танишамиз  2 16:38"Байер" "Ливерпуль"га иккинчи марта йўқ деди  3 16:05Олег Зотеев: "Иложи борича тезроқ қайтиб, "Андижон"га ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  5 15:40Маркиньос биринчи марта EЧЛда ғолиб чиқди ва элит рўйхатдан жой олди. Унда атиги 15 футболчи бор.  7 15:15Қосимовдан Денисовгача: Россияда зафар қучган ўзбекистонлик футболчилар қаторига Файзуллаев ҳам қўшилди  5 14:34БАА кундалиги: Шаржада "йўқотилган" вақт  7 14:22Расман: "Андижон" икки легионер билан шартномани бекор қилди  10 14:00ПСЖ Чемпионлар лигаси бир мавсумида 148,4 миллион ишлаб топди. Нега бунча кўп?   2 13:23"Насаф" ўз футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  9

FUTBOL VA JURNALISTIKA Yangiliklar

FUTBOL VA JURNALISTIKA

Paxtakorning sobiq nigeriyalik hujumchisi Ixeroume Uche, vatanida futbolchilar murabbiysidan ko'ra ko'proq jurnalistlardan hayiqishini aytib o'tgandi.
  • Bu maqolani "Futbol Ekspress" gazetasining 2009 yil 15 dekabr soni uchun yozgan edim. Oradan 3.5 yil vaqt o'tibdi. Bu esa 2009 yil va bugungi holatimizni solishtirish uchun ayni muddao deb bildim. Keling, avval maqolani bir boshdan o'qib chiqing.
Bugungi kunda Latviya chempionatida faoliyat olib borayotgan futbolchini aytishicha, u erda biron bir jurnalistni nigohiga tushgan o'yinchi qaytib o'zini tiklab ola bilmas ekan. Boisi nigeriyalik hamkasblarimiz yulduzlik kasaliga uchragan o'yinchilarni qanday tajribaga ega ekanligidan qatiy nazar, uni halq oldidagi obrosini to'kib sochmaguncha tinchishmas ekan. Agar ular, xalqning ishonchini suistemol qilishayotgan bo'lsa.

Jurnalistika fakultetida taxsil olayotgan davrimda ustozlarim, ayni paytdagi OAV uchqismga bo'lishardi – TV, Radio va bosma nashrlar. Internetlashtirilayotgan zamonda OAV o'zining to'rtinchi farzandini dunyoga keltirdi. Bugungi kunda, kunning dolzarb mavzulari, Ispaniya, Rossiya, Italiya yoki Angliyaga o'xshab birinchilardan bo'lib TV, radio yoki kundalik gazetalarda emas, aynan internet veb sahifalarida yoritilyapti.

Bugun O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan barcha futbol jurnalistlarini o'z ishining professori deb ayta olmayman. Qachonki, o'zimiz to'liq professionallashar ekanmiz, shundagina O'FF, PFL va uning klublaridan professionalikni talabqilishimiz mumkin deb o'ylayman.

Yuqorida futbol jurnalistikasini avvalgi yillarga nisbatan o'sishga erishdi dedim. Ammo bu kamchiliklardan xoli degani emas, kamchiliklarimiz ham etarlicha topiladi. Qachonki biz jurnalistlar o'z kamchiliklarimizni bartaraf etsakkina, O'zbekiston futboli taraqqiyotiga o'z hissamizni qo'shgan bo'lamiz. Yodingizda bo'lsa, Osiyo futbol konfederaciyasi, yapon mutaxassisi yordamida OCHLning yangi reglamentini tuzib uni ballashtirish chog'ida mamlakat OAVga ham baxo bergandi. Har xolda, bizga qo'yilgan ball maqtanadigan darajada katta emasdi. Demak, OCHLdagi jamoalarimiz soni oshishiga faqatgina PFL yoki klublarimizni qayd etadigan natijalari emas, biz jurnalistlar ham sababchi bo'lamiz. Keling bugungi o'zbek futboli jurnalistikasini OAV qismlari sifatida taxlil qilib chiqamiz:

Ayni paytda butun O'zbekiston bo'ylab tarqatilayotgan 5ta nashrdan faqatgina ikkitasi, haftada ikki marotaba chiqadi, bular ­- Fubol Ekspress (22 000 seshanba 13 000 juma nusxa), va Inter Futbol (18 000 / 12 000nusxa). Qolgan uchta nashr Asr futbol (5 000 nusxa), CHempion (7 000 nusxa), va O'zbekiston futboli (3 000 nusxa) haftada bir marotabadan dunyo yuzini ko'radi. Mening fikrimcha 5ta nashr O'zbekiston futbolining yutuq va kamchiliklarini ochib berish tugur, futbol ishqibozlarining chanqog'ini qondira olmaydi. Xo'sh bu kamchlik qachon bartaraf etiladi, qachonki gazeta taxririyatiga kelayotgan maqolalar soni oshib ketsa va muxarrir uni sahifalashtira olmay xunob bo'lsa. Mana shundan keyin nashrlarimiz haftada uch marotaba chiqadi. Lekin taxririyatni maqolalar bilan to'ldirib yuborish oson ish emas. Buning uchun nima qilish darkor? Avvalo, barcha futbol jamoalarining matbuot xizmatlari bilan muntazam ravishda aloqada bo'lib, yaxshi munosabatni yo'lga qo'yish lozim. SHundagina, jurnalist istagan vaziyatda matbuot xizmati vakili bilan bog'lanib o'zi uchun kerakli bo'lgan malumotni olish bilan birga, futbolchi yoki murabbiy bilan suhbat qurish imkoniyatiga ega bo'ladi. PFL reglamentiga ko'ra, barcha jamoalar o'z matbuot kotiblariga ega bo'lishlari lozim. Hamma erda ham shundaymi? Faqatgina, Paxtakor, Bunyodkor, Andijon, SHo'rtan, Nasaf, Olmaliq, Lokomotiv va Mashal jamoalarida professional matbuot xizmati tizimi yo'lga qo'yilgan. Hozir viloyat jamoalariga Toshkentdan turib matbuot kotibi bo'lish urfga aylanyapti. Ahir qanday qilib, voqealar rivoji kulminaciyasini olis masofadan turib kuzatish mumkin? Tabiiyki matbuot kotibi nazaridan chetda qolgan voqea, u shohdan bu shohga o'tib o'z asosini yo'qotadi va OAVda noto'g'ri malumot tarqaladi. Mana qaerda muammo! qachonki matbuot xizmatlarimiz professional tarzda faoliyatlarini yuritsalargina, gazetalarimizning haftada chiqadigan kunlari soni hech bo'lmasa bittaga oshgan bo'lardi. Matbuot xizmatida kimlar faoliyat olib boradi – JURNALISTLAR. Yuqorida matbuot hodimlarini biroz chim-chilab oldim.  Aslida jurnalistlar, bor bo'lgan matbuot xizmatidan ham unumli foydalana olmayaptilar. Paxtakordagi faoliyatimdan kelib chiqib quyidagi telefon qo'ng'iroqlaridan parcha keltirib o'taman. ­Salom, alikdan so'ng:

-  Menga Odil Ahmedovni telefon raqami kerak edi! (buyruq ohangda muallif)
-  Suhbatlashish uchun bo'lsa marhamat, Ahmedov bilan uchrashuv tashkil etib beramiz. Buning uchun gazetangiz hodimlaridan birini klubimizga yuboring.
-  Yo'q telefon raqamini bersangiz kifoya, men o'zim gaplashib olaveraman.
-  Uzr, men Odil Ahmedovni telefon raqamini sizga bera olmayman.
-  Unda ILHOM SUYUNOVNI RAQAMINI bering!

Mana ko'rdingizmi biz jurnalistlarning muammosi qaerda, klubga qo'ng'iroq qilish faqatgina bir betlik gazeta sahifasini to'ldirish xolos. Aniq bir maqsad yo'q. Odil bo'lmasa boshqasida, qabilada qilingan intervyu qanday bo'lishi mumkin? Futbolchi qanday mashina olishni harid qilishni yoqtirishini bilish uchunmi, yoki horijdagi sevimli jamoasi qaysi ekanligini aniqlashtirishgami? Aslida intervyu jurnalistikadagi eng murakkab janr hisoblanib, jurnalist intervyu olishdan avval qahramonini tubdan o'rganishi lozim. Har xolda oliygohda shunday taxsil olganman.

Sport TV hamon bosh og'riqli muammo bo'lib turibdi. Sport TV qachon uyg'onadi, qachonki unda raqobat bo'lsa. Tashqi raqobat haqida, aytmasak ham bo'ladi. CHunki u erda ichki raqobatni o'zi yo'q. futbolga oid ko'rsatuv DONA ko'rsatgichidagi ifoda etilyapti, ikki dona (!!!) bular – FUTBOL SHARXI (Zafar Imomxo'jaev) va GOL (Davlat Turdialiev). Olingan malumotlarga ko'ra, Murod Rizaev o'zining bir paytlar muxlislar qalbidan o'rin olgan ko'rsatuvi Millionlar o'yinini tiklash arafasida.

Arablarning Al Jazira Sport, Dubay Sport va ART Sport telekanallari ko'rsatuvlaridan parchalarni tomosha qilganmiz. Saudiyaga qilgan safarlarim davomida ana shu kanallarning ishlash jarayonini ko'rib havaslarim kelib ketdi. Nima uchun arab futboli jadallik bilan rivojlanib borayoganiga savolga javobni, u erning PFLi orqali emas, TVsi orqali javob topishingiz mumkin. Al Hilol qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvga ikki soat qolganida arab kanallari Al Hilol - Paxtakor uchrashuvi bo'lib o'tadigan qirol Faxd stadionidan reportajni boshlab yuborgan edilar. TV jurnalistlari axborotga boy, istalgan vaziyatdan chiqib ketish darajasidagi bilimga egalar. Futbolimizni rivojlantirishda TVni juda katta rol o'ynashi kerak bo'lgan davrdamiz. Odatda bir uchrashuvni to'liq ochib berish uchun kamida 20 daqiqa lozim bo'ladi. Bizdagi ko'rsatuvlar 8ta o'yinni nari borsa 60 daqiqada ko'rsatib berish bilan birga, boshqa mavzularni ham o'z ichiga oladi. Xabarlar dasturidagi o'zbek futboli yangiliklarini sovuq holda dasturxonga tortilishiga ko'nikib ulgurganmiz. Horij futbolchilari kameralardan qochib, dam olish uchun futbolga qiziqish katta bo'lmagan davlatlarga surib qoladilar. Bizda esa, futbolchi kameraga tusha olmay armonda o'tib ketyapti. Bu yil parcha-parcha bo'lib ketgan birinchi liga muammosini bironta jurnalist TVda ko'tarib chiqmadi. Noqal markaziy uchrashuvlar kichik kadrlar orqali efir yuzini ko'rmadi.

O'zbekiston kubogi finali yakuniga etdi. 5 daqiqalik taqdirlash marosimidan so'ng TVdagi futbol ham tugadi. Vaxolangki, muxlisga o'yindan keyingi fikrlar ham juda qiziq. Skolari nima uchun mag'lubiyatga uchradi, yoki Jalilov shogirdlariga qanday ko'rsatma bergandi?  qiziquvchan ishqiboz yuqoridagi savolga javob olishi uchun 3 kun kutdi, Futbol Ekspress yoki Inter FUTBOLni chiqishini kutib. Aslida, O'zbekiston kubogi finaliga yakun yasab qo'ymasdan, kameralarni matbuot anjumani zaliga ulab, to'g'ridan-to'g'ri  efirni yana 30 daqiqaga cho'zsa bo'lmasmidi? To'g'ri biroz o'tib Xabarlar dasturida matbuot anjumanidan lavhacha keltirildi.

Bugun...

  • Bugunga kelib gazetalarimizning tirajlari keskin tarzda tushib ketdi. Eskilardan CHempion yo'q bo'ldi. Bu davr oralig'ida, Futbol Tayms, Stadion, FutGol gazetalari ham uzoqqa bormadi. TVdagi ko'rsatuvlar soni ham ko'paygani yo'q. Hamon o'sha biz bilgan Futbol sharhi. Aksincha Gol ko'rsatuvi o'z faoliyatini tugatdi. Birinchi liga sharhi yo'lga qo'yilganligi esa quvonarli hol albatta. Ammo qolgan ko'rsatuvlarni o'zbek futboli uchun foydasi bor deb o'ylamayman. CHunki ular horij futboliga yo'naltirilgan. MTJ ishtirokidagi so'nggi o'yinlardan so'ng matbuot anjumani to'g'ridan-to'g'ri olib ko'rsatildi, bir qadam oldinga siljish bor.

Bugunga kelib barcha klub o'z matbuot kotiblariga ega, ammo sifat hamon o'sha-o'sha! Hech qanday farq yo'q.

Ko'rinib turganidek, huddi oliy liga singari OAVda ham jiddiy o'sish bo'lmadi.

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика