So’nggi yangiliklar

18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   0 18:18U-23 Осиё Кубоги. Эрон U-23 - Ўзбекистон U-23. Таркиблар маълум  4 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  3 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  3 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  1 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  1 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  3 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  2 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3

Bugun final! UEFA Chempionlar Ligasi bosh sovrini kimga nasib qiladi? Yangiliklar

Bugun final! UEFA Chempionlar Ligasi bosh sovrini kimga nasib qiladi?

Bizni tunda UEFA Chempionlar Ligasi finali hal qiluvchi bellashuvi kutib turibdi.

PSJ va "Inter" Myunxenda mavsumning eng muhim uchrashuvi – Chempionlar Ligasi bosh sovrini uchun bahsda maydonga tushadi. PSJning foydasiga – yoshlik va energiya, "Inter" tomonida esa – tajriba va Simone Inzagining original g'oyalari. Kim g'alaba qozonadi?


PSJ

1. PSJ Chempionlar Ligasi davomida kuchayib bordi va asosiy favoritga aylandi

Parijliklar bu mavsum Chempionlar Ligasi startini og'ir boshlagandi — guruh bosqichidagi bahslarda ular ketma-ket ochko yo'qotdi. Biroq vaqt o'tgani sayin jamoa barqarorlikka erishdi hamda pley-offda butkul boshqa jamoaga aylana oldi. Natijada, ularni hech kim to'xtata olmadi: “Brest” (7:0, 1:0), APLning kuchli uchligi — “Liverpul” (0:1, 1:0, penaltilar seriyasidagi g'alaba), “Aston Villa” (3:1, 2:3) va “Arsenal” (1:0, 2:1) ham PSJ qarshisida tiz cho'kdi. Parijliklar faqat hujumkor o'yin emas, balki himoyada ham muvozanatni saqlash qobiliyatini namoyish etdi. Opta superkompyuteri PSJni “Arsenal”ga qarshi ilk yarim final uchrashuvidan keyinoq musobaqaning bosh favoriti sifatida belgiladi. Bu vaqtga kelib esa, “Inter” ro'yxatda to'rtlik orasida uchinchi edi.

2. PSJ tarkibida muammo yo'q — asosiy kuchlar safda


Franciya Kubogi finalida “Reyms”ga qarshi (3:0) bahsda Luis Enrike deyarli asosiy tarkibni maydonga tushirdi. Faqatgina Donnarumma va Xvicha Kvaracxeliya zaxirada qoldirildi. Ehtimol, finaldagi asosiy tarkib “Reyms”ga qarshi o'yindagidan katta farq qilmaydi. Ammo darvozada Safonov emas, Donnarumma paydo bo'lishi kutilmoqda, shuningdek, hujumning chap qanotida Barkolya o'rniga Kvaracxeliya qaytadi. Alohida etibor esa — “Oltin to'p” uchun davogar Usmon Dembelega qaratilishi turgan gap. U Chempionlar Ligasida ketma-ket besh o'yinda samarali harakatni amalga oshira oldi (2 gol + 3 assist).

3. PSJning zaif nuqtasi yo'qdek, ammo “Arsenal” va “Aston Villa” parijliklar uchun jiddiy sinov bo'la oldi

Statistik ko'rsatkichlar bo'yicha PSJ bu mavsum Chempionlar Ligasining eng kuchli jamoalaridan biri: 32 ta gol (xG bo'yicha 37.5), 298 zarba, to'p nazorati — 60% dan ortiq, o'rtacha har o'yinda 14.4 ta "kalit" pas har bir o'yinda. Shu vaqtning o'zida jamoa himoyani ham unutgani yo'q va raqiblariga deyarli imkon bermadi. Shunga qaramay, ayniqsa javob o'yinlarida “Aston Villa” va “Arsenal” qarshisida bir necha "xaus"lar kuzatildi. Aynan “kanonirlar”ga qarshi bahsda darvozabon Donnarumma birinchi bo'limda bir nechta fantastik seyvlar bilan jamoasini qutqarib qoldi. Shu joyida o'rinli savol tug'iladi: finalda ham shu kabi holat bo'lib qolsa, omad yana Parijga kulib boqarmikin?


"Inter"

1. "Inter" hech qanday sovrinsiz qolishi mumkin

"Inter" barcha musobaqalarda g'alaba qozonishga davogar bo'lgan holda uzoq yo'l bosib o'tdi. Ammo zich taqvim bosimi ostida Italiya Kubogi yarim finalida "Milan"ga yutqazdi (1:1, 0:3). Keyin esa "Napoli"ni oldinga o'tkazib yubordi, bunga "Lacio" bilan muhim durang (2:2) ham sabab bo'ldi. So'nggi "Komo" bilan o'yinda (2:0) qanchalik g'alati tuyilmasin, milanliklarning bor umid va etibori "Napoli" - "Kalyari" uchrashuviga qaratilgan edi. Neapolliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonib, etakchilikni saqlab qoldi.

Chempionlar Ligasida "Inter" guruh bosqichini eng yaxshi to'rtlikda yakunladi, bor-yo'g'i bitta gol o'tkazib yubordi. 1/8 finalda "Feenoord"ni ortiqcha qiyinchiliksiz engdi (2:0, 2:1). So'ng "Bavariya" (2:1, 2:2) va «Barselona» (3:3, 4:3) bilan og'ir to'qnashuvlar bo'ldi. Ayniqsa, «blaugranas»ga qarshi yarim final unutilmas bo'ldi: o'yin scenariysidagi aqlbovar qilmas o'zgarishlar, Zommerning super seyvlari, Acherbi va Fratezzining gollari – bularning barchasi "neradzurrilar"ga mavsumda hech bo'lmasa bitta sovrin yutish imkonini qoldirdi.

2. Simone Inzagi etakchilarini aynan final uchun asradi

"Komo"ga qarshi o'yinda tajriba sifatida maydonga chiqarilgan tarkibda faqat Di Marko, Chalxanog'lu va Zommer bo'ldi. Acherbi, Dumfris va Barella esa zaxiradan tushdi. Tyuram, Martines, Mxitaryan va Bastoni butun o'yinni chetdan tomosha qildi. Uzoq tiklanishdan so'ng Benjamin Pavarni Bissek o'rniga asosiy tarkibda ko'rish ehtimoli ortmoqda.

"Inter"da Martines va Tyuram yaxshi sport formasiga kirib oldi. Dumfrisdan umid katta — u jarohatdan keyin «Barselona»ga qarshi o'yinlarda o'zini ko'rsatdi: ikkita gol va uchta golli uzatma.

3. "Inter" “Manchester Siti” bilan finaldagi tajribani g'alabaga aylantirishga tayyor
2022/23 yilgi mavsumda "neradzurrilar" CHL finaliga nisbatan oson yo'l bilan chiqqan va "Manchester Siti" bilan o'yinda favorit emasdi. Biroq Inzagi jamoasi yaxshi saviyadagi futbol namoyish etib, jamoatchilikni hayratda qoldirdi, garchi 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsada. Endilikda "Inter" "Bavariya" va «Barselona»dek raqiblar to'sig'idan o'tib, tajriba va jamoaviy o'yinni uyg'unlashtirgan holda bosh sovrinni qo'lga kiritishga tayyordek.


TerminaTor

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика