PSJ Chempionlar ligasi bir mavsumida 148,4 million ishlab topdi. Nega buncha ko'p?
02 iyu 14:00
Yangiliklar


PSJ Chempionlar ligasi bir mavsumida 148,4 million ishlab topdi. Nega buncha ko'p?
Uzoq kutilgan sovrindan tashqari, klub kattagina mukofot pullarini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Faqatgina finaldagi g'alaba parijliklarga 10,5 million evro keltirdi - g'alaba uchun 6,5 va Evropa Superkubogiga yo'llanma uchun 4 million evro.
Football Meets Data portali malumotiga ko'ra, PSJning bir mavsumdagi umumiy daromadi 148,4 mln evroni tashkil etdi va bu Chempionlar Ligasi uchun rekord ko'rsatkichdir.
Turnirdagi ishtiroki uchun barcha jamoalar 18 million evrodan olishdi. Liga bosqichida jamoa har bir g'alaba uchun 2,1 million evro, durang uchun esa 700 ming evro ishlab oldi. PSJ hisobida 4 g'alaba va 1 durang bor. UEFA kuchli sakkizlikka kirish uchun 2 million evro, guruhdan chiqish uchun (9-o'rindan 16-o'ringacha) - 1 million evro to'lagan.
Pley-off o'yinlari uchun jamoalar quyidagicha mukofotlandi:
1⁄8 finalga chiqish - 11 million evro
Chorak finalga chiqish - 12,5 million evro
1⁄2 finalga chiqish - 15 million evro
Finalga chiqish - 18,5 million evro
Sovrin miqdoriga telehuquqlar va oldingi ishtroklar uchun to'lovlar ham kiradi: so'nggi besh va o'n yillik evrokuboklardagi ishtroklar natijalari bo'yicha koefficientlar hisoblab chiqilgan. PSJda bu to'lovlar 44,7 mln evrodan ko'proqni tashkil qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Футболчиларни нархи слишком кийматлашиб кетибти