Whoscored ECHL-2024/2025 ramziy terma jamoasini elon qildi
02 iyu 18:51
Yangiliklar


Whoscored ECHL-2024/2025 ramziy terma jamoasini elon qildi
Whoscored statistik portali Evropa Chempionlar Ligasining o'tgan mavsum ramziy terma jamoasini taqdim etdi.
Portal talqiniga ko'ra, turnirning eng yaxshi futbolchisi "Barselona"ning braziliyalik vingeri Rafinya bo'ldi, u o'rtacha 8,1 ball oldi.
Whoscored talqiniga ko'ra, 2024/2025-yilgi mavsum Chempionlar ligasining to'liq ramziy terma jamoasi quyidagicha:
Darvozabon: Tibo Kurtua ("Real", 7,1).
Himoyachilar: Ashraf Hakimi (PSJ, 7,4), Nikolas Otamendi ("Benfika", 7,2), Markinos (PSJ, 7,1), Nunu Mendesh (PSJ, 7,4).
Yarim himoyachilar: Lamin Yamal ("Barselona", 7,9), Jamal Musiala ("Bavariya", 7,5), Jud Bellingem ("Real", 7,3), Rafinya ("Barselona", 8,1).
Hujumchilar: Usmon Dembele (PSJ, 7,6), Harri Keyn ("Bavariya", 7,6).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar