So’nggi yangiliklar

13:23"Насаф" ўз футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  4 13:13"Крус Асул" - КОНКАКАФ Чемпионлар кубоги ғолиби  1 12:44Танаффусдаги тараддуд. "Шўртан" назорат учрашувида ғалаба қозонди  0 12:20Искандар Шойқулов: "Кўп очко йўқотдик. Умид қиламанки, тез орада ҳаммаси жойига тушади"  0 11:55Жалолиддин Машарипов: "Ҳаддан ташқари ортиқча мотивация ўйинга халақит бериши мумкин"  12 11:30Ҳамдан ибн Муборак БАА олдига Ўзбекистонга муносиб қаршилик кўрсатиш талабини қўйди  11 11:15Ўзбекистон миллий терма жамоаси кўтаринки кайфиятда БАА билан ўйинга тайёрланмоқда  1 10:50"Барселона" "Арсенал" футболчиси билан музокараларни бошлади  6 10:22ПСЖ яна бир талант учун курашга қўшилди  3 09:53Гарначо фаолиятини АПЛда давом эттиришга қарор қилди  4 09:24ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни ижарага бериш керак"  11 08:55Футзал. Бугун Ўзбекистон кубогининг финал учрашуви бўлиб ўтади  0 08:20УEФА клублар рейтингини янгилади  27 07:57“Милан“ “Ман Сити“ қизиқаётган ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 07:21BOOOM. Лионель Месси Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  15

PSJ finalda "Inter"ga javobsiz 5ta gol urdi va o'z tarixida birinchi marta ECHL bosh sovriniga ega chiqdi Yangiliklar

PSJ finalda "Inter"ga javobsiz 5ta gol urdi va o'z tarixida birinchi marta ECHL bosh sovriniga ega chiqdi

Teglar :  ECHL Inter PSJ
Evropa Chempionlar Ligasi hal qiluvchi o'yini matnli translyaciyasini kutib oling.

ECHL finali. 

PSJ – "Inter" 5:0

00:00 | "Alyanc Arena"

Gollar: Hakimi (12, 1:0), Due (20, 2:0), Due (63, 3:0), Kvaracxeliya (73, 4:0), Mayulu (86, 5:0).

PSJ: Donnarumma, Mendesh (Ernandes, 78), Xakimi, Pacho, Markinos, Ruis (Mayulu, 85), Vitinya, Nevesh (Zair-Emeri, 85), Kvaracxeliya (Ramush, 85), Dembele, Due (Barkolya, 67).

Zaxiradagilar: Safonov, Tenas, Kimpembe, Beraldo, Li Kan In, Mbaye.

"Inter": Zommer, Bastoni, Acherbi, Pavar (Bissek, 54: Darmian, 62), Dimarko (Zalevski, 54), Dumfris, Mxitaryan (Karlos Augusto, 62), Chalxanoglu, Barella, Martines, Tyuram.

Zaxiradagilar: Di Jennaro, Martines, de Vrey, Aslani, Frattezi, Zelinski, Arnautovich, Taremi.

Ogohlantirish: Zalevski (54), Due (65), Tyuram (69), Acherbi (71), Hakimi (90).

YANGILASH

90. Hakimi ogohlantirildi va shu payt o'yin yakunlandi.

86. Mayulu! Gol! 5:0! Mayli, chalg'imaymiz... Bu final emas, bu umuman final emas. Bu oddiy bir futbol o'yini. Ha, bunda PSJning aybi yo'q, albatta. Finalda o'ynashni ham bilish kerak. "Inter" esa bu yil finallarga umuman tayyor emasligini ko'rsatdi.

"Barsa" muxlislari uchun hushxabar: endi so'nggi marta finalda kim 4:0 hisobida yutqazgan desa, "Barsa" deyishmaydi) So'nggi marta 4:0 hisobi 1993/94 yilgi mavsumda "Milan" - "Barselona" o'yinida qayd etilgan ekan.

85. PSJ tarkibida bir yo'la 3 o'zgarish. Enrike bular ham finalda o'ynavorsin dedi-yov)

84. PSJ muxlislari "Ole" o'yinini boshlab yuborishdi.

81. Bo'ldi, PSJ to'xta, raqibing "o'ldi". Shart emas boshqa gol... Barkolya 100 foizlik imkoniyatdan gol ura olmadi.

81. Barellaning kuchli zarbasini Donnarumma ushlab oldi. Bu zarbani men ham ushlavolardim, masalan-da)

79. KVARADONA! Dyumfrisni uzoq vaqt taqib qilib keldi va o'z jarima maydonchasiga oz masofa qolganida to'pni olib qo'ydi.

75. DONNARUMMAAAA!!! Tyuramning kuchli zarbasini u juda chiroyli seyvi bilan qaytardi.

73. GOL! Ijozatingiz bilan golga katta emociya bildirmaymiz. 4:0. Xvicha "Inter"ni yanchib tashladi. U golga loyiq edi.

70. Barkolya! U kuchli zarba bilan darvozaga to'pni mixlab qo'ymoqchi bo'ldi. Zarba noaniq ketdi.

67. O'yin qahramoni zaxiraga olindi: Due o'rniga Barkolya.

Bu o'yin finalga o'xshamayapti. Bir tomonning juda katta ustunligi ilk daqiqalardanoq sezildi va bu o'z so'zini aytmoqda. Juda zerikarli final.

63. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! DUE!!! Dubl va masala hal.

63. Dard ustiga chipqon shu bo'lsa kerak. Hozirgina maydonga tushgan Bissek jarohat olib maydonni tark etdi...

61. UXXXXXX!! PSJ yana tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Hakimining pas aralash zarbasi himoyachiga tegib ketmaganida to'p darvozaga kirardi.

60. Bissek jarohat oldi va tibbiy yordam olish uchun maydonni tark etdi. U almashtirilmasa kerak.

Menimcha ECHL finallari tarixidagi eng zerikarli 1 soatni o'tkazdik.

56. Zalevski sariq kartochka oldi. U to'pga zarba berganidan keyin raqibiga zarba berdi. 

54. UXXXXX!! Jarimadan to'p PSJ darvozasi yoniga uzatildi. Donnarumma to'pga chiqishda qo'pol xatolikka yo'l qo'ydi. Tajribali Markinos xatoni to'g'riladi va to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

52. ZARBAAAAAAA!!! Dembelening bu safargi aylantirma zarbasi noaniq ketdi. Juda xavfli zarba bo'ldi.

50. ZARBAAAAAAA!! Xvicha bugun Nunes rolida. Uning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

50. Burchak uzatmasidan keyin to'p avvaliga Markinosning, keyin Lautaroning qo'liga tegdi. Bosh hakam hujumda fol deb hisobladi.

49. "Inter" yo'q joydan burchak zarbasiga ega bo'ldi.

46. UXXXXXX! Xvichaning raqib jarima maydonchasi ichida yo'llagan zarbasi darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45+2. UXXXXXXXXX!! 3:0ga sal qoldi. Xvichaning zarbasidan keyin rikoshet hosil qilgan to'p darvozaning yonidan o'tib ketdi.

45+1. Duening uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Zommer vaziyatni nazorat qilayotgandi.

Zerikarliroq o'tgan birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.

42. PSJ taymni yakunlash uchun o'ynamoqda, bu ko'rinib turibdi. Jamoa "o'yinni o'ldirishga" harakat qilyapti.

40. "Inter" o'ziga kelishni boshlamoqda. Jamoa uzoq vaqt bosim uyushtirdi va darvoza yoniga to'p uzatildi. Lekin zarba beradigan Tyuram o'sha joylarda topilmadi.

37. ZARBAAAAAAAA!!! Tyuramning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi-e... O'yin yonishi uchun "Inter"ga birgina gol kerak.

34. Dembele o'z qanotida o'z uslubida hujumga o'tdi va himoyachi qurshovida darvoza sari zarba yo'lladi. To'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

32. PSJ burchak zarbasiga ega bo'ldi. Dembelening uzatmasini hech kim darvoza sari yo'llay bilmadi. Buning iloji ham yo'q edi aslida.

30. "Inter"ning hujumlari o'xshamayapti. PSJ juda zo'r, tartibli himoyalanmoqda. Tribunadagi kimdir esa hushtak chalaverib quloq-miyani edi)

28. "Inter" o'ng qanotini ishlatdi va hujumga o'tdi. Havodan uzatilgan to'pni chalqancha zarbasi orqali Lautaro darvozaga kiritmoqchi bo'ldi, keyin bu fikridan qaytdi.

26. PSJ hali ham bosim uyushtirmoqda. Birinchi bo'limning o'zida uchinchisini urib, 2-taymni "o'ldirmoqchi" shekilli.

23. "Inter" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Uzatilgan to'pga Acherbi boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

20. GOOOOOOOOOOLLLLL!!! Duening zarbasi Dimarkoga tegib, rikoshet hosil qilgan holda darvozaga kirib ketdi!

17. UXXXXXXX!! Kvaracxeliyaning zarbasi noaniq ketdi. Xvichadan chiroyli zarba ko'rgandik.

PSJ golga juda yaqin edi. Katta bo'lmasa-da, jamoa tashabbusni qo'lida ushlab turgan va mantiqan to'g'ri gol urib ketdi.

12. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!! Hakimi hisobni ochdi va sobiq jamoasiga urilgan golni nishonlamadi.

11. Uchrashuvdagi ilk zarba. Nuqta zo'r edi, lekin ijro... Dembelening zarbasini Zommer ushlab oldi.

9. Parijliklar tashabbusni qo'liga olishga harakat qilmoqda. Vaziyatlar ko'rmagan bo'lsak-da, jamoa raqib jarima maydonchasiga yaqinlashdi.

7. PSJ raqib jarima maydonchasiga yaqin, biroq unchalik qulay bo'lmagan nuqtadan jarima zarbasi ishlab oldi. Raqibini ochiqchasiga turtib yuborgan Bastoni "men nima qildim?" deydi)

3. Dastlabki daqiqalarda tomonlar ko'p ham oldinga oshiqmadi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Asosiy sovrin maydonga olib chiqildi. Uni ikkala jamoa afsonalari Xaver Pastore hamda Xaver Zanetti o'z joyiga qo'ydi.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Final startiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: +19   

Fikrlar

+12   
01 iyu 01:34:17
TOSHQONDIY
BU KUNNI QARIYIIIB 15 YIL KUTTIM AZIZLAR ! 15 YIL !
SHU KUNGACHAM PSG FAQAT SOCHIMMI OQARTIRGAN !
HAR DOYIM OXIRGACHA PSGGA QATTIQ MUHLIS BOLDIM !
ILTIMOS AKA - UKALARIM + BOSILAR ILTIMOSSSSSSS
PSG CHEMPIOOOOOOOOOOOOOOKONNN !!!!
+11   
01 iyu 00:43:56
Fayzullo
Шунда ПСЖ га Мбаппе халакит килиб юрган боладими
+8   
01 iyu 02:52:49
BOBIRBEK_URINOV⚽️
Rasul M foydalanuvchining fikriga javob berish
Bechora Varcelona muxlisalari birovlar kubok olsa xursand buladigan zor jamoada
Нега хаммани номидан гапирасан? Хар ким узи учун жавоб беради! Реал ВАДРИД бирор марта требл килаолмагани алам килябтими? Барселона Реал ВАДРИД уйинида бутун дунё курдику ВАДРИДни ахволини. Нима кераги бор сасишни...
+8   
01 iyu 01:34:33
TOSHQONDIY
BU KUNNI QARIYIIIB 15 YIL KUTTIM AZIZLAR ! 15 YIL !
SHU KUNGACHAM PSG FAQAT SOCHIMMI OQARTIRGAN !
HAR DOYIM OXIRGACHA PSGGA QATTIQ MUHLIS BOLDIM !
ILTIMOS AKA - UKALARIM + BOSILAR ILTIMOSSSSSSS
PSG CHEMPIOOOOOOOOOOOOOOKONNN !!!!
+7   
01 iyu 02:03:22
Sherzod Hasanov
Rasul M foydalanuvchining fikriga javob berish
Bechora Varcelona muxlisalari birovlar kubok olsa xursand buladigan zor jamoada
Бечора Барсадан 4 йиб Мбаписига ишониб чичиб қуйган бечоралар Мбаппи ўзини бир бола қиладими энди
+7   
01 iyu 01:30:45
Javlon Samarqand
ПСЖдан Мбаппега алангали саломлар
+6   
01 iyu 08:35:05
Zlatan
Mbappeda achishayotgandir
+6   
01 iyu 06:22:12
Umidjon Abduraxmonov
Bobur Ergashev foydalanuvchining fikriga javob berish
Real tarihi davomida trebl qilmasin. Qilmsy klublar Qiroli bulib yurish kimni qulidan keladi???) 15 ta Chl...15 taya? Nega aynan 15ta Chl kuboki? Bulmasa boshqa jabxalarda xam damini beradi. Kamiga "ASR klubi"!!! xD. Dunyodagi eng nufuzi baland turnir qaysi(k/r urtasida)? Xa o'lma, anashu kubokni Karvaxal, Kroos, Modrichla 12-yilda 6 marta yutib, barsaning 132 yillik tarihiga qushib kumib quydiku...??? xD Sen Psj, Citychilar deb patxalinlik qilmagin, Realchilar kimga bunday deb gapirishni juda yaxshi biladi. Nafik ularga gapirib, ichingdan ezilyabsanku shunday xam?) Kstate, bugungacha finallardagi eng yirik maglubiyat seni jamoanga tegishli edi. Va usha yutgan jamoa Italiyaniki edi...! Psj bu tamģani olibberdi, ketidan upibquy).
A Dalbayop ogriq bormi Classikoda hammasida Yedilarin gsndon sharmanda qutagmga Barsaga osilvosami
+6   
01 iyu 02:17:39
MENTAL!ST
Farruxbek Olimjonov foydalanuvchining fikriga javob berish
11 yil bulyabdi lgbtselona bu kubokni yutmaganiga orada karvaxal 6 marta yutdi dabba kirib ketadigan kirib suska pajarniy ham yordam berolmaydi kutini yoniwiga)))
123-yil bo'libdi Real Madrid TREBL qilmaganiga? Bu orada Barselona va Bavariya 2 martadan, Manchester Siti va PSJ 1 martadan trebl qilishdi???
+6   
01 iyu 01:51:59
Akbar
Inter bunaqa sharmanda bo'lgandan ko'ra Bavariyani yo Barsani o'tkazib yuborgani yaxshi edi. Realga o'xshab hech nima yutmadi
+6   
01 iyu 01:50:35
bekaka
Интер тешилиб кеттику финалмиди бу
+6   
01 iyu 01:34:03
Azimovv
Фабрицио Романо foydalanuvchining fikriga javob berish
ПСЖни Энрике чемпион кивотти?.... Дембеле отни кутогини олади эслаб кол шу гапим?..... ОТни Рафиня олади?.....
Sanga oltin ko't sovrinini etirozlarsiz beradi. Yaqqol peshqadamsan. Psj xorlab yutgan kamandadan xo'rlanib chiqib ketgan kamandaga beradimi OT ni? itni bolasi.
+5   
01 iyu 02:18:44
{ CHELSEA }
PSJ bu yil qattiq oʻynadi tan berish kerak... Xaqli chempionlik...
+5   
01 iyu 02:17:43
Мансур
Farruxbek Olimjonov foydalanuvchining fikriga javob berish
Dembele uchun hursanmiz degan joyga juda juda mazza qb kuldim utgan yili PSJ tarkibida dembele Barsaga gol urganda uni rosa sukkan odamlar bugun uni boshqa klubda YECHL yutganiga hursan bulishini eshitish mazza)))) Mbappega kelsak adabtatsiya davrida eng yomon mavsumida Ispaniya va Yevropa oltin butsasini oldi real bilan 2 ta sovrin yutdi va yozda terma va real tarkibida jami yana 2 ta sovrin yutish ehtimoli bor yana Mbappeni ustidan kulaman deganilarda bu fakt chiqb uzilarni yanada yomon his qilselar kerak sabr endi
А хоп Энрике учун хурсанд биз)))
+5   
01 iyu 02:13:22
Мансур
Farruxbek Olimjonov foydalanuvchining fikriga javob berish
Dembele tiriklayin kumyabdi lgbtselona fanatlarini Dembele lgbtselonadan oldin yechlni yutdi hezalak klubdan ketib)))
Қаддини урсин бизга Барсачиларга нима фарқи бор Барсачилар Энрике ва Дембле учун хурсанд биза. Мбаппе транс қизи кайф қилиб ўтирганлир хозир)))
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика