Eshitdik-da! "Nasaf"dan ketgan Islom Kenjaboev ikkinchi davrada O'zbekiston chempioni safida to'p tepishi mumkin
02 iyu 17:50
Yangiliklar


Eshitdik-da! "Nasaf"dan ketgan Islom Kenjaboev ikkinchi davrada O'zbekiston chempioni safida to'p tepishi mumkin
O'zbekistonda yozgi transfer oynasi rasman ochilmasidan oldinoq, jamoalar tarkibidagi o'zgarishlar boshlandi.
Biroz oldin "Nasaf" tarkibida faoliyat yuritgan yarim himoyachi Islom Kenjaboev jamoani tark etgani haqida xabar chiqdi. Jarohatdan so'ng safga qaytgan futbolchiga boshqa klublardan qiziqishlar borligi allaqachon malum edi. Hozircha rasman tasdiqlanmagan bo'lsa-da, manbalarning xabar berishicha, Kenjaboev ikkinchi davrada Toshkentning "Bunyodkor" jamoasiga o'tishi mumkin.
Ayni paytda futbolchi va poytaxt klubi o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga etib kelgan va kelishuvga erishilishi kutilayapti.
Eslatib o'tamiz, Islom Kenjaboev joriy mavsumda Superligada 3 ta, O'zbekiston Kubogida esa 2 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Taniqli Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 300 ming evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Бунака журналистлар таниш билиш килиб СА ишга кириб олганми
Буни чикаришдан олдин узи ёки бирон бир бошлик укиб кейин чикармайдими