

"Nasaf" PFK ikki tomonning kelishuviga ko'ra Islom Kenjaboev bilan shartnomani bekor qilinganini e'lon qiladi.
Islomga klub uchun qilgan mehnatlariga minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida omad tilaymiz! Barchasi uchun rahmat, Kenjaboev!", - deb yozadi "Nasaf" matbuot xizmati.
Ma'lumot uchun, Kenjaboev o'tgan mavsum og'ir jarohat olgan va uzoq muddat davolangandi. Bu mavsum Islom Superligada 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi va jami 22 daqiqa harakat qildi xolos.




