Eshitdik-da! Islom Kenjaboev "Nasaf"ga qaytadi

Aslanov Jasurbek
10 dek 2023, 00:03
Mamlakatimizda Superliga mavsumi o'z nihoyasiga etdi va jamoalar keyingi mavsum uchun tarkibni shakllantirish jarayonini boshlab yuborishgan.

So'nggi mavsumni "Qizilqum" safida o'tkazgan Islom Kenjaboev "Instagram"dagi sahifasida jamoa bilan xayrlashgani haqida surat joyladi.

"Championat.asia" olgan ma'lumotlarga ko'ra, Kenjaboev katta ehtimol bilan "Nasaf"ga qaytadi. Futbolchi "Nasaf" yoshlar jamoasida to'p tepib, 2021 yilda Qarshi klubidan Janubiy Koreyaning "Chedju" klubiga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia