Franciyaning etakchi klublaridan biri SHomurodovni sotib olmoqchi
18 jan 2023 20:03
Yangiliklar


Franciyaning etakchi klublaridan biri SHomurodovni sotib olmoqchi
"Roma" hujumchisi Eldor SHomurodov jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Franciyaning "Lill" klubi o'zbekistonlik forvard uchun 13-14 mln evro taklif qilishga tayyor.
Bazi manbalarning xabar berishicha, SHomurodovning o'zi Italiyada qolishni istamoqda. Turinning "Torino" klubi ham futbolchini qo'lga kiritish uchun muzokaralar olib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, "Lill" klubi 2020/21 yilgi mavsum Franciya chempioniga aylangandi. Jamoa ayni paytda Liga 1 turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar