So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  2 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  13 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  37 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Bahrom Haydarov: "Tezkor goldan so'ng xato qilishga qo'rqib o'ynadik" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Tezkor goldan so'ng xato qilishga qo'rqib o'ynadik"

Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Surxon" (2:0) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani tashkil etildi.

Uning ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov ishtirok etdi va savollarga javob qaytardi. 


"Juda ham og'ir o'yin bo'ldi, "Surxon" O'zbekistondagi har bir jamoaga muammo tug'dira olyapti. Futbolchilarning aksariyati anchadan beri birga o'ynamoqda, jamoa barqaror yo'lda. Uchrashuvning boshida tezkor gol urganimiz salbiy tasir ko'rsatdi shekilli raqib iloji boricha ko'proq oldinga o'tdi. Jamoamiz xato qilishga qo'rqib o'ynadi. Bu ruhiy holat ustida ish olib boramiz. Qo'rquvni yo'qotishimiz kerak. Mazkur omil "Sho'rtan" bilan o'yinda ham sezilgandi. Yigitlarga rahmat aytishim kerak. Oxirigacha harakat qilishdi, xatolar kamroq bo'ldi. To'p nazorati tabiiyki yutqazayotgan jamoa tomonida bo'ldi. Tezkor qarshi hujumlarga o'tishga intildik, lekin ayrim vaziyatlarda sovuqqonlik etishmadi", - deydi Bahrom Haydarov. 


- FIFA kunlari munosabati bilan 20 kun tanaffus yuzaga keladi. Bundan foydalanib nazorat uchrashuvlari tashkil qilinadimi?

- Albatta. Hozir bu haqida o'ylamoqdamiz, rejamizni ishlab chiqyapmiz. Ayni paytda etiborimiz "Buxoro" bilan o'yinga qaratilgan, chunki har bir 3 ochko suv va havodek zarur bo'lyapti. Nazorat uchrashuvlari bo'ladi faqat qaerda tayyorgarlik ko'rishimiz nomalum. O'tgan yili ham bunday holatga tushganmiz. Sport formani yo'qotmasdan mashg'ulotlarni olib boramiz.



- Kleydi Daci va Shoxruh Gadoevning o'yinidan mamnunmisiz? Tavakkal qilishdan qo'rqmayapsizmi?

- Tavakkal qilmasangiz bo'lmaydi. Har bir zaxiramiz tavakkal qarorlar mahsuli, chunki futbolchini o'yinga qanday qo'shilib ketishini oldindan bilolmaysiz. Kimdir ruhan tayyor bo'lmaydi, yana boshqasi jismonan. Jasur Xolto'raevning ozgina jarohati bor edi. Lekin ular ko'proq to'pni nazorat qilgani uchun o'rta chiziqni kuchaytirishga harakat qildik. Pazildinov, Husanovni tushirdik. Shuni hisobiga oxirgi daqiqalarda o'yinimiz o'xshadi. Qo'rqsangiz zaxira qilishingiz kerakmas. 

- Shohruh Gadoev sport formasiga kirib bormoqda. U terma jamoaga chaqirilishi mumkinmi?

- O'zbekistonda 16 ta jamoa bo'lsa nafaqat Superliga balki Pro ligadan ham o'zini ko'rsatsa futbolchi chaqirilishi mumkin. Terma jamoaga eshiklar ochilaveradi. Qo'qondan ham terma jamoaga futbolchi olinsa xursand bo'lar edik. Yoshlardan Abdug'afur Haydarov bor, Muhriddin Pazildinov debyut qildi. Har bir jamoaning maqsadi terma jamoaga futbolchi tayyorlab berishdir.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика