So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  1 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  13 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  17 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  14 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

ARXIV. Abramov boshchiligidagi olimpiya terma jamoamizning 2007 yilgi BAAga qarshi uchrashuvini yodga olamiz Yangiliklar

ARXIV. Abramov boshchiligidagi olimpiya terma jamoamizning 2007 yilgi BAAga qarshi uchrashuvini yodga olamiz

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi shu vaqtga qadar to'rt marotaba Olimpiya o'yinlariga saralash bosqichida ishtirok etgan.

Ilk bor 2004 yil Afina Olimpiadasi tomon yurishini boshlashgan termamiz saralash raundining guruh bosqichiga yo'llanma beruvchi bahsida ikki o'yin natijasiga ko'ra Eronga 1:9 hisobida engilishadi. Ko'rinib turardiki, bu yo'lda qilinishi kerak bo'lgan ishlar talaygina. Bir tomondan o'sha paytlari asosiy etibor va diqqat markazida milliy terma jamoamiz turgani bois, qolgan kichik yosh toifalaridagi termalar nazardan chetda qolardi. Bilsangiz, avvallari har to'rt yillikning yirik musobaqasiga yo'llanma alohida saralash turniri orqali berilar, buning uchun terma jamoalar ancha masofani bosib o'tishlari talab etilardi. So'ngi ikki yani Rio-2016 Olimpiadasidan boshlab esa Osiyo chempionatida kuchli uchlikdan joy olgan termalargina yo'llanmaga ega chiqmoqda. Biz yodga olmoqchi bo'lgan Pekin Olimpiadasi saralash bosqichida 1985 va undan keyingi yillarda tug'ilgan futbolchilar ishtirok etishgandi. Ular qatoriga Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov, Sadriddin Abdullaev, Sahob Jo'raev, Nodir Qo'ziboevlarni kiritishimiz mumkin. Demak, bugun foto arxiv ruknimiz orqali olimpiyachilarimizning Pekin tomon ilk qadamni tashlab bergan BAAga qarshi o'yinni yodga olamiz.


Yuqoridan chapdan o'ngga: Anzur Ismoilov, Marat Bikmaev, Aleksandr Kleckov, Nodir Qo'ziboev, Aziz Ashurov, Ahrol Risqullaev.

Pasdan chapdan o'nga: Lutfulla To'raev, SHavkat Salomov, Odil Ahmedov, Bahrom Yuldashev, Sadriddin Abdullaev.


BAAning turli yoshdagi terma jamoalari bizga doim jiddiy qarshilik ko'rsatib kelgan. Qizig'i, London-2012 Olimpiadasi saralash bosqichida ham amirliklar yo'limizga to'g'anoq bo'lgan. 



Sadriddin Abdullaev o'zining yulduzli onlarini o'tkazayotgan paytlar edi. 


Nepomnyanshhchiy qo'l ostida "Paxtakor"da, Abramov ustozligida OTJda, Inileev boshchiligida MTJda debyut qilgan Odil Ahmedov.



To'pga intilayotgan 5-raqamdagi Nodir Qo'ziboevni tanidingizmi?


"Bunyodkor" jamoasining bugungi kundagi haqiqiy etakchisi Lutfulla To'raev olimpiya terma jamoasi libosida.


"Paxtakor"  stadioni qayta rekonstrukciyaga tayyorgarlik ko'rayotgan, taxta o'rindiqlar esa olib tashlangandi. 



SHunga qaramasdan stadionga ishqibozlar tashrif buyurishgandi.



Vakillarimizning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugagan uchrashuvda gollarga Nodir Qo'ziboev va Marat Bikmaevlar mualliflik qilishgandi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика