Fors-major holati sabab Belarusda futbol o'yinlari nomalum muddatga qoldirildi
13 avg 2020 20:14
Yangiliklar
Fors-major holati sabab Belarusda futbol o'yinlari nomalum muddatga qoldirildi
Belarus futbol federaciyasi mamlakat chempionati o'yinlarining qoldirilganini elon qildi.
Bunga sabab esa fors-major holati. Hozirda Belarusda norozilik namoyishlari bo'lib o'tmoqda.
Xabarda keltirilishicha, “Dinamo” (Minsk) — “Smolevichi” va “Minsk” — “Neman”, shuningdek, Kubok doirasidagi “Naftan” — “Gorodeya” hamda “Gomel” — “SHaxter” bellashuvlari qoldirilgan. Bu birinchi va ikkinchi ligalarga ham tegishli. Barcha o'yinlar nomalum muddatga qoldirilgan bo'lib, ularning o'tkazilish sanalari keyinroq elon qilinadi.
Fikrlar