Flikka Germaniya terma jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzolash taklif etildi
10 may 2021 16:04
Yangiliklar
Flikka Germaniya terma jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzolash taklif etildi
"Bavariya" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikka Germaniya terma jamoasidagi ish taklif etildi.
Nemis futbol ittifoqi 56 yoshli mutaxassisi bilan 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolashga tayyor. Flik ham bu shartlar asosida bitimga imzo chekishga tayyor.
"Bundestim"ning amaldagi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Evro-2020dan so'ng ketadi. U faoliyatini Ispaniyadagi klublardan birida davom ettirishni orzu qilmoqda.
Flikka kelsak, mutaxassis 2020/21 yilgi mavsum so'nggida "Bavariya"dan ketadi. Uning o'rnini "RB Leypcig"da ishlayotgan Yulian Nagelsmann egallaydi.
Fikrlar