Yoaxim Lyov unga terma jamoadan taklif bo'lganini tasdiqladi
16 iyu 16:45
Yangiliklar
Yoaxim Lyov unga terma jamoadan taklif bo'lganini tasdiqladi
"So'nggi bir-ikki hafta ichida menga murojaat qilib, suhbatlashishga tayyorligimni va qiziqishim bor-yo'qligini so'rashdi", – dedi u Frayburg yaqinidagi Rust shahridagi "Evropa parki" attrakcionlar maydonida o'tkazilgan tadbir chog'ida.
U hozir bu takliflar haqida o'ylab, tegishli jamoalar to'g'risida malumot to'playotganini aytdi. Keyingi bosqichda "hamkorligimiz samarali bo'lishi mumkinmi" degan savolga javob topish uchun masul shaxslar bilan uchrashuvlar o'tkazishi mumkinligini bildirdi.
65 yoshli Lyov Germaniya terma jamoasi bilan 2014 yilgi jahon chempionatida g'olib bo'lgan. Murabbiy 2021 yilda terma jamoani tark etganidan beri ishsiz hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekiston futbol associaciyasi germaniyalik mashhur mutaxassis bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar