"Bavariya" Dias bo'yicha "Liverpul"ga yangi taklif jo'natadi
15 iyu 22:55
Yangiliklar


"Bavariya" Dias bo'yicha "Liverpul"ga yangi taklif jo'natadi
"Liverpul" kolumbiyalik futbolchini 67,5 million evroga sotishni rad etdi.
"Bavariya" hamon Luis Diasni o'z safiga qo'shib olishga intilmoqda. Bugun "Liverpul" kolumbiyalik qanot futbolchisini 67,5 million evroga Myunxen jamoasiga sotmaganini malum bo'ldi.
Sky Sport jurnalisti Florian Plettenbergning xabar berishicha, nemis klubi yangi taklif ustida ishlamoqda. Futbolchining o'zi bilan hali to'liq kelishuvga erishilmagan, ammo bu muammo tug'dirmaydi. "Bavariya" Diasga 2029 yoki 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma taklif qilishi mumkin.
O'tgan mavsumda Luis Angliya Premier-ligasida 36 ta o'yinda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar