"Fiorentina" va "Kristal Pelas" "Roma" hujumchisiga qiziqmoqda
28 avg 2021 12:24
Yangiliklar
"Fiorentina" va "Kristal Pelas" "Roma" hujumchisiga qiziqmoqda
"Roma" forvardi Borxa Mayoral faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, 24 yoshli ispaniyalik uchun "Fiorentina" va "Kristal Pelas" davogarlik qilmoqda.
O'yinchi Rim klubidan transfer oynasining so'nggi kunlarida ketishi mumkin.
Mayoral "Real" tarbiyalanuvchisi, "Roma" uni 2022 yilning yoziga qadar ijaraga olgan. Forvard o'tgan mavsum rimliklar tarkibida 45ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 7ta assist qayd etdi.
Fikrlar