Fekirga yana bir da'vogar paydo bo'ldi

13 iyul 2019, 07:55
“Lion” yarim himoyachisi klubni tark etishni xohlamoqda.

“Betis” jamoasi “Lion” yarim himoyachisi Nabil Fekirni sotib olishni xohlamoqda. “Verdiblankoslar” 25 yoshli Fekirni jamoani tark etishi kutilayotgan Jovanni Lo Chelsoga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. “Lion” Fekirning transferidan 30 mln evro ishlab olishni ko'zlagan.

O'tgan mavsum futbolchi “sherlar” safida 38 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urib, 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca