So’nggi yangiliklar

00:30"Тоттенхэм" янги бош мураббийи учун 10 млн товон пули тўлайди  0 00:10Матеус Кунья: "Манчестер Юнайтед"ни болалигимдан яхши кўраман"  0 23:57Промес ҳибсга олинди, у 7,5 йилга қамалиши мумкин  0 23:31Жон Дуран "Ал Насср"дан кетиши мумкин  0 23:13"Арсенал"нинг таклифи "Спортинг"га маъқул келмади  1 22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  2 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  3 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  2 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  11 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  3 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  9

Faxriy futbolchilar o'rtasida O'zbekiston Futbol Federaciyasi kubogi musobaqasi o'tkazilmoqda Yangiliklar

Faxriy futbolchilar o'rtasida O'zbekiston Futbol Federaciyasi kubogi musobaqasi o'tkazilmoqda

Teglar :  FaxriylarO'FF
O'zbekiston Futbol Federaciyasining Faxriylar kengashi tashabbusi bilan ayni kunlarda faxriy futbolchilar o'rtasida O'zbekiston Futbol Federaciyasi kubogi-2016 turniri o'tkazilmoqda.

Turnirning viloyat bosqichlari yakuniga etdi. Guruh bosqichlaridan yarim final bosqichiga “Bunyodkor”, “Metallurg”, Navoiy, Nukus, Qo'qon, “Neftchi”, Qashqadaryo, “Buxoro” jamoalari yo'l oldi.

Yarim final bosqichida har bir juftlik o'zaro ikki o'yindan iborat bahslarni o'tkazdi. Ularda quyidagi natijalar qayd etildi:

“Bunyodkor” – “Metallurg” 2-0; 2-1.

Navoiy – Nukus 3-0; 1-1.

Qo'qon – “Neftchi” 3-0; 0-0.

Qashqadaryo – “Buxoro” 4-0, 9-2.

SHu tariqa “Bunyodkor”, Navoiy, Qo'qon, Qashqadaryo jamoalari turnirning final bosqichiga yo'l oldi. Final bosqichi o'yinlari 12-13 noyabr kunlari o'tkaziladi.

Takidlash kerakki, ushbu turnirda uch mingdan ortiq faxriy futbolchilar ishtirok etdi. Musobaqada Toshkent shahridan 48, Toshkent viloyatidan 16, Farg'onadan 16, Andijondan 12, Qashqadaryodan 16, Qoraqalpog'istondan 10, Navoiydan 12, Buxorodan 8 hamda Samarqanddan 8 jamoa ishtirok etdi.  

Jizzax, Sirdaryo, Xorazm, Surxandaryo hamda Namangan viloyati faxriy futbolchilari musobaqada ishtirok etishmadi. O'zbekiston Futbol Federaciyasi faxriylar kengashi ushbu viloyat faxriylarini ham O'zbekiston bo'ylab ananaviy ravishda o'tkazib boriladigan bunday katta miqiyosdagi turnirdan chetda qolmaslikka, navbatdagi turnirlarda qatnashishga chorlaydi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика