So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  3 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  4 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Farruh Sayfiev: “Karantindan so'ng “Paxtakor”ni og'ir taqvim kutmoqda” Yangiliklar

Farruh Sayfiev: “Karantindan so'ng “Paxtakor”ni og'ir taqvim kutmoqda”

Ayni vaqtda yurtimizd karantin davri davom ettirilmoqda. Barcha jamoalarning futbolchilari uyda individual tarzda mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda.

Karantindan so'ng ichki chempionatimizda tig'iz taqvim yuzaga kelishi tabiiy. Ayniqsa, xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qiluvchi “Paxtakor” jamoasini og'ir uchrashuvlar kutmoqda. Biz bu borada “sherlar”ning maxoratli futbolchisi Farruh Sayfievning fikrlari bilan qiziqdik.

“Karantindan so'ng bizni oson bo'lmagan mavsum kutmoqda. Har uch yoki to'rt kunda o'yinlar o'tkazilishi bir tomondan foydaliroq. Bu esa o'z o'yinimizni tezroq topib olishimizga katta yordam beradi. O'tgan yili barcha musobaqalarda g'olib chiqdik va trebl qayd etdi. Bularning barchasi ortda qoldi. Endilikda yangi marralarni zabt etishimi, yanada oldinga intilishimiz kerak. CHunki, oldingi g'alabalar va sovrinlar endi tarix. Joriy yilda yangi tarix yaratishni istaymiz.

Kim jiddiy raqobat tug'dirishi mumkin? Menimcha, “Nasaf”, “Bunyodkor”, “Navbahor” jamoalari bizga jiddiy qarshilik ko'rsatishlarini tahmin qilishim mumkin. Albatta, qolgan jamoalarga ham hurmatni saqlab qolamiz. Oraliqdagi katta tanaffusdan so'ng o'zgarishlar bo'lishi turgan gap. Futbolchilar har kuni uyda mashg'ulotlarni to'xtatayotgani yo'q. Jamoadoshlarim va murabbiylar bilan doim aloqadamiz. Murabbiylarimizning ko'rsatmalari va dasturlari asosida o'zimiz yakka tartibda bajarmoqdamiz.

Eren Derdiyok Evropa havosini ko'rgan va tajribali futbolchi. Agarda, chempionat boshlansa yanada yaxshiroq chiqishib ketadi deb o'ylayman. Bizga yordami va foydasi hali ko'p tegishiga ishonaman.

Kundalik mashqlardan so'ng oila davrasida dam olyapman. Bo'sh vaqtni foydali narsalarga sarflashga harakat qilyapman. Karantin davrida uyda qoling va o'zingizni, oila azolaringizni ehtiyot qiling. Birgalikda harakat qilsak koronavirusni engib o'tamiz. Hozirgi vaqtda muhimi sog'lik va salomatlik hisoblanadi. CHiroyli o'yinlar va yorqin g'alabalar hali oldinda”,- dedi Sayfiev.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика