Farrux Sayfiev: "Al Hilol" bilan o'yinga ham g'alaba uchun boramiz
18 fev 2020 15:43
Yangiliklar
Farrux Sayfiev: "Al Hilol" bilan o'yinga ham g'alaba uchun boramiz
"Paxtakor" futbolchisi Farrux Sayfiev "SHahr Xadro" jamoasiga qarshi o'yindan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Barchani g'alaba bilan tabriklayman. Qiyin o'yin o'tkazdik. Uchrashuv qiyin bo'lishini avvaldan bilgandik. Eron klublariga qarshi o'yin doim qiyin bo'lib kelgan. O'z maydonimizda uch ochko ishlab olish muhim edi va Xudoga shukr oldimizga qo'yilgan vazifani uddaladik. Ushbu g'alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman".
-"Paxtakor" ikki o'yindan so'ng 6 ochko to'plab, guruhdagi o'rnini juda yaxshilab oldi. Ayni damda damoani guruhdan chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
-Hali oldimizda o'yinlar bor. O'ylaymanki, barcha jamoalarda imkoniyat bor. Xudo xohlasa "Al Hilol" bilan safarda bo'ladigan o'yinga ham g'alaba uchun boramiz.
O’xshash yangiliklar
00:27
Sergey Lushchan: "Qizil kartochka, xatolar va amalga oshirilmagan penalti barchasi yaxshilikka" 45
Fikrlar