So’nggi yangiliklar

07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  0 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  5 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  10 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0

Farg'onada yana bir OFK o'quv-seminari Yangiliklar

Farg'onada yana bir OFK o'quv-seminari

Teglar :  SeminarOFKFutzal
23-28 avgust kunlari Farg'onada ikkinchi marta Osiyo Futbol konfederaciyasining Level-1 seminari o'tkazildi.

Ushbu seminar futzal murabbiylariga mo'ljallangan. OFKning S sertifikati dasturi bo'yicha seminari uning futboldagi muqobili hisoblanadi. SHuning uchun ham futzaldagi Level-1 licenziyasini futboldagi S licenziyasiga tenglashtirsa bo'ladi.

Farg'ona futbol federaciyasi va Farg'ona mini futbol associaciyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan  OFKning seminarida vodiyning turli nuqtalarida ishlovchi 16 nafar murabbiylar ishtirok etishdi.

O'quv-seminarini OFK instruktori Avaz Maxsumov olib bordi. Unga farg'onalik taniqlik mutaxssis Farrux Zokirov yordam berdi.

Qayd etish joiz, seminar davomida barcha ishtirokchilar imtihon topshirishdi. Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan murabbiylarga Level-1 licenziyalari topshiriladi.

Fursatdan foydalanib, OFK instruktori Avaz Maxsumov va Farg'ona viloyati mini futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ulug'bek Hakimovlar bilan qisqacha suhbatda bo'ldik.


Avaz Maxsumov: “Argentina o'rtoqlik o'yini uchun 100 ming dollar so'ragan”


– Har yili viloyatlarda mana shunday seminarlarni tashkil etish odatga aylangan, deydi Avaz Maxsumov. – Bu kunga qadar Buxoro, Farg'ona, Samarqand, Toshkent viloyatlari, Nukus va Toshkent shaharlarida Level-1 licenziyasi uchun o'quv-seminarlari bo'lib o'tdi. Toshkent shahri va Farg'ona viloyatida ikki marta shunday seminar o'tkazildi. Bu safarga senimarni Andijon yoki Namanganda o'tkazishni rejalashtirgandik. Bu borada Osiyo futbol Konfederaciyasiga maktub junatgandik. Lekin bu ikki viloyat vakillari seminarni tashkil etish borasida juyali fikr bildirishmadi. Farg'ona mini-futbol associaciyasi esa  semnarni o'tkazish uchun barcha sharoitlarga ega egaliklarni bildirishdi. OFKga yakuniy xulosani yuborganimizdan keyin seminarni Farg'onada o'tishiga rozililik bildirishdi. O'quv jarayoni zamonaviy qulayliklarga ega Farg'ona futbol maktabida bo'lib o'tmoqda.

– Mini-futboldagi licenziyalar haqida malumot berib o'tsangiz. Xususan, Level-1 licenziyasi qo'lga kiritgan murabbiy qanday lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo'ladi?

–  Futzalda uch toifali licenziyalar bor. Bular Level-1, Level-2, Level-3. Level-1 sertifikatiga ega bo'lgan mutaxassislar futbol maktablarida bolalar murabbiy va havaskor jamoalarda ishlash huquqiga ega bo'lishadi. Level-2 licenziyasi bor murabbiylari esa bemalol Oliy liga klublarini boshqarishi mumkin. Level-3 esa xalqaro tofida maqomini beradi.

Yaqinda Toshkentda Level-2 licenziyasi uchun etti kunlik seminar bo'lib o'tdi. Xuddi katta futbolda bo'lgani kabi mini futbolda ham har to'rt yilda murabbiylar licenziyalarini yangilashlari talab etiladi.

– Bizda Level-3 licenziyasiga ega mutaxassislar bormi?


– Ha, menda shunday licenziya bor.

– O'zbekiston futzal terma jamoamizning Jahon chemionatiga chiqqani mamlakatimizda mini futbolning yanada rivoj topishiga katta hissa qo'shdi…


– CHindan ham futzalchilarimizning mundialda ishtirok etishi bu biz uchun katta voqelik. Umuman olganda, mini-futbolning imkoniyati keng. Masalan, futzalchilarimiz shu kunga qadar Argentina, Portugaliya kabi mamlakatlar bilan maydonga tushishdi. Yaqinda Ispaniya va Italiya bilan o'ynashadi.

2010 yilda Toilanda bo'lib o'tgan turnirda Argentina bilan o'ynaganmiz. O'shanda men terma jamoada faoliyat olib borar edim. Biz janubiy amerika vakillarini dog'da qoldirganmiz. Keyinchalik Argentina bilan o'rtoqlik uchrashuvini tashkil etishni rejalashtirgandik. Biroq, ular buning uchun 100 ming dollar va yo'l xarajatlarini to'lashimiz lozimligini aytishdi.

– Katta futbol va mini-futbol o'rtasida qanday tafovut bor?

– Mini-futbol o'ynagan, bemalol katta futbolda o'zini ko'rsatishi mumkin. Hozir “Lokomotiv”da o'ynayotgan Oleg Zoteev aynan mini futbolda kashf etilgan. Uni “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyati mini futbol jamoasida o'ynashini takidlashadi. Oleg rozi bo'ladi va mini-futbolda tinmay gol urdi. Futzal o'yinlarini kuzatgani kelgan Igor SHkviringa Zoteevning o'yini maqul bo'lgach, uni “Olmaliq”qa taklif etadi. SHu yo'sinda Oleg Zoteev O'zbekistonning etakchi o'yinchilaridan biriga aylanadi.



Ulug'bek Hakimov: Farg'onada istedodli futzalchilar juda ko'p


– Viloyatimizda 2011 yilda mini-futbol associaciyasi tashkil topgan, deb so'zini boshladi Farg'ona mini-futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ulug'bek Hakimov. – O'tgan davr mobaynida viloyatimizda mini-futbolni rivojlantirish uchun keng kulamlagi ishlar amalga oshirildi.

Yaqin kunlar ichida korxona va tashkilotlar o'rtasida futzal bo'yicha ikkinchi liga bahslari boshlanadi. Viloyat hokim bu borada alohida qaror qabul qilgan. Musobaqa bir necha turdan iborat bo'lib, unda havaskorlar qatnashishlari mumkin bo'ladi. Hozirdanoq ko'plar jamoalar ikkinchi ligada ishtirok etish istagini bildirishmoqda.

Qolaversa, Viloyat futbol federaciyasi bilan hamkorlikda olib borilayotgan samarali faoliyatimiz o'z mevasini bermoqda. Mana, kundan-kunga mini-futbolga ixtisoslashtirilgan stadionlarnimiz soni oshib bormoqda.

Viloyatimizda shuningdek, mini-futbol hakamlari uchun ham alohida etibor qaratilmoqda. Farg'onada viloyatlar orasida yagona bo'lgan FIFA referisi bor. Jamoliddin Qosimov shunday toifaga ega bo'lgan yosh hakamlarimizdan biridir. Yaqinda mini futbol hakamlari uchun ham o'quv-kurslarini tashkil etishni rejalashtirganmiz. Farg'onada ikkinchi marta Level-1 o'quv-semenari o'tkazilmoqda. Bu esa viloyatimizda yosh murabbiylarga bo'layotgan yuksak g'amxo'rlikning bir namunasidir. Farg'onada mini-futbolni rivojlantirish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Faqat Oliy ligada birorta jamoa yo'qligi qilingan ishlarimizga soya solayotgandek.

– Bu muammoni qanday bartaraf etish mumkin?


– Hozir bu borada izlanyapmiz, muzokaralar olib boryapmiz. Eng maqbul variant bu – “Neftchi” bo'lib turibdi. Viloyatimizning bosh jamoasi qoshida mini-futbol klubini tashkil etsak maqsadga muvofiq bo'larmidi? Axir O'zbekiston chempionatida qatnashayotgan ayrim klublarimiz qoshida mini-futbol jamoasi bor-ku.

Farg'onada istedodli futzalchilar juda ko'p. Ularni bir jamoa sifatida jamlay olsak, yaxshi natijalarni qo'lga kiritish mumkin. Bunga 2014 yili Toshkentda bo'lib o'tgan “Associaciya Kubogi” musobaqasi misol bo'la oladi. 16 ta jamoa orasida uchinchi o'rinni qo'lga kiritganmiz.

Bir so'z bilan aytganda, viloyatimizda mini-futbolni yana rivoj topishi yo'lida tinmay izlanyapmiz. Oldinga qiladigan ishlarimiz ko'p.


Abror Dehqonov.
“Futbol eskpress” gazetasidan olindi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика