Farg'ona davlat universiteti jamoasi Pro-Liga klublariga qarshi o'ynaydi
02 mar 2019 11:17
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/480449_original.jpg)
![](/upload/storage/480449_220.jpg)
Farg'ona davlat universiteti jamoasi Pro-Liga klublariga qarshi o'ynaydi
"Universiada-2019" musobaqalariga tayyorgarlik ko'rayotgan Farg'ona davlat universitetining "FarDU" jamoasi yangi haftada Pro-Liga klublari bilan nazorat-sinov uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Dastlab 5-mart kuni soat 11:00da Farg'ona shahridagi "Istiqlol" majmuasining suniy qoplamali maydonida "Neftchi" (U-21) jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi tashkil etilsa, 7-mart kuni soat 11:00da Yozyovon tumanidagi "Markaziy" o'yingohda "Yozyovon-Lochinlari" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etiladi. Farg'ona davlat universitetining "FarDU" jamoasi barcha futbol muxlislarini mazkur bellashuvlarga chorlab qoladi.
Bekzod Tolibov tayyorladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar