Shavkat Yusupov: "Vaziyatlar ustida ko'proq ishlashimiz kerak"
27 avg 13:37
Yangiliklar
Shavkat Yusupov: "Vaziyatlar ustida ko'proq ishlashimiz kerak"
Proliga 13-turidan o'rin olgan "Aral" - "FarDU" (2:0) uchrashuvidan so'ng "FarDU" jamoasi bosh murabbiyi Shavkat Yusupov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Bugun tomoshabop o'yin bo'ldi deb ayta olaman. "Aral" jamoasini qo'lga kiritilgan uch ochko bilan tabriklayman. Bir necha bor vaziyatlar yaratdik, ammo ijro etishda ozgina omad kelmadi.
- Jamoangiz xavfli vaziyatlardan nima uchun foydalana olmadi?
- Endi ko'proq shu vaziyatlar ustida ishlashimiz kerak bo'ladi. Shundan so'ng gollar ham bo'ladi.
- "FarDU" o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan?
- Biz Proligada yaxshi ishtirok etishni va shu orqali yuqoriga ko'tarilishni maqsad qilganmiz. Nasib qilsa g'alabalar ham bo'ladi va o'z muxlislarimizni xursand qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar