Yevropa Ligasi yarim final javob o'yinlarini boshqaradigan hakamlar ma'lum

Aziz Tukhtamuradov
3 may 2016, 19:00
Yevropa Ligasi yarim finalining hal qiluvchi o'yinlarida ishlaydigan hakamlar nomi ma'lum bo'ldi.

"Liverpul" – "Vilyarreal" o'yinini Viktor Kashshai boshchiligidagi vengriyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga Derd Ring, Vencel Tot, Peter Berettyan, Tamash Bodnar va Adam Farkashlar yordam beradilar.

"Sevilya" – "Shaxtyor" o'yini esa gollandiyalik hakamlarga ishonib topshirildi. Born Keypersga Sander van Rukel, Ervin Zeynstre, Mario Diks, Pol van Bukel va Richard Lisveldlar yordam beradilar.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: uefa.com